Odamlar muvaffaqiyatli (yoqimli) hodisalar ehtimolini orttirib va
muvaffaqiyatsiz (yoqimsiz) hodisalar ehtimolini kamsitib baholashga moyil
bo'ladilar. Odatda ro'y berish ehtimoli kam bo'lgan hodisalarning ehtimoli orttirib
bahalonadi (masalan, lotereyada yutish ehtimoli). Ehtimoli yuqori bo'lgan
hodisalarning uchrashi kamsitib baholanadi (masalan, jinoyat uchun jazoning
muqarrarligi). Uzoq muddat kutilgan hodisa, yaqin fursatlarda ro'y berishi
mumkinligini kutish ham odatda xatodir.
Sub'ektiv baholar juda turg'un bo'ladi, intuitsiyaning roli esa ko'pincha
orttirib baholanadi. Noodatiy sharoitlarda tashqi ko'rinishidan tanish, lekin
mohiyatiga ko'ra yangi vazifalarni yechishda, odamlar intuitsiyaga asoslanib
ko'pincha to'g'ri qaror qabul qilib qoladilar. Misol uchun quyidagi vazifani yechib
ko'ramiz. Fikran yer sharini teng ikkiga bo'lamiz, so'ng shu ikkala bo'lakdan birini
yana ikkiga bo'lamiz va h.k. Ulardan oxir-oqibat atom paydo bo'lishiga erishish
uchun taxminan necha marta bo'lish kerak? Yuz mingmi, millionmi yoki milliard
martami? Biz intuitiv ravishda shu astronomik raqamlarga qo'shilishga tayyormiz.
Aslida esa buning uchun atigi 80 marta bo'lish kifoya.
Qaror qabul qilar ekan, odamlar unga munosib isbot topishga intiladilar,
o'zlarini uning to'g'riligiga ishontirishadi, o'zlari tanlagan xatti-harakat variantini
afzalligini orttirib, uning kamchiligini esa kamsitadi. Qaror qabul qilish odatda
sub'ektiv ravishda, ma'lum darajada yengil tortish (chunki bunda motivlar kurashi
jarayoniga xos bo'lgan zo'riqish bartaraf etiladi), faoliyatni faollashtiradigan ijobiy
emotsional kechinmalar bilan kuzatiladi.
Faoliyat maqsadi haqida qaror qabul qilish bilan birga (uning izidan) faoliyat
vazifalari ham anglanadi, maqsadga erishish yo'llari va vositalari batafsil
rejalashtiriladi.
Vazifalarni anglash va faoliyat vositalarini tanlab olish. Odam faoliyati
ma'lum bir sharoitlarda amalga oshadi va ularga bog'liq bo'ladi. Faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |