O'zbekiston respublikasi profi universitety


maqsadining mazkur sharoitga mosligi - bu faoliyat vazifasini anglashdir


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

maqsadining mazkur sharoitga mosligi - bu faoliyat vazifasini anglashdir. 


178 
Faoliyat sharti maxsus berilgan bo'lishi ham mumkin (masalan, matematik 
topshiriqlarda), lekin ko'pchilik holatlarda ular boshlang'ich vaziyatlarni tadqiq 
qilish natijasida aniqlanadi. 
Xatti-harakat usulini tanlab olish ma'lum darajada irodaviy zo'r berish bilan 
bog'liq, gohida ba'zi bir usullar bir oz amalga oshirsa bo'ladigan, oson, qulay, lekin 
axloqiy me'yorlarga zid bo'lishi, boshqalari esa - ijtimoiy ma'qullangan, lekin 
shaxsan noqulay, amalga oshirib bo'lmaydigan bo'lishi mumkin. 
Shunday qilib, odam faoliyat maqsadini sharoitga moslashtirar ekan, yana 
shu maqsadga erishishni ta'minlovchi xatti-harakatlar majmui haqida tegishli qaror 
qabul qiladi, so'ng bu xatti-harakatlar dasturini shakllantiradi. 
Dasturni shakllantirish - bu xatti-harakatning taxminiy asosini yaratishdir. 
Xatti-harakat maqsadini tanlab olishda odatda unga erishish vositalari belgilab 
olinadi. Mazkur vaziyatda maqsadga erishish usullari haqidagi yakuniy qaror qabul 
qilinganidan so'ng, xatti-harakatning kengaytirilgan dasturi, xatti-harakatning ichki 
rejasi, uning taxminiy asosi shakllanadi. 
Bilimlar, tushunchalar va tasavvurlar tizimi odam uchun xatti-harakatning 
taxminiy asosi bo'lib hisoblanadi. Odam mazkur sharoitda qanday bilimlar asosida 
oriyentatsiya qilayotganligi, u narsalarning qanday aloqalari va munosabatlarini 
hisobga olishiga bog'liq ravishda harakat qiladi. 
Odam moddiy ob'ektlar bilan jismoniy xatti-harakatni amalga oshirishdan 
avval, bu xatti-harakatlarni ongida, narsalarning ideal obrazlari, ularning simvollari 
(so'zlar) bilan amalga oshiradi. So'zlarda umumlashtirilgan va qayd qilingan bilim, 
tajribadan, xatti-harakatni to'g'ri, samarali amalga oshirish uchun foydalanadi. 
Amalga oshirilgan xatti-harakat esa bizning bilimlarimizga tegishli tuzatishlarni 
kiritadi. Har qanday xatti-harakat, bu xatti-harakat tamoyilini bilish, maqsad va 
unga erishish usullari orasidagi bog'liqliklarni aniqlash (bilish) natijasida amalga 
oshadi. Bu bilimlar xatti-harakatni oriyentirlovchi asosi, boshqaruvchisi bo'lib 
xizmat qiladi. Odam xatti-harakatlarning oriyentirlovchi asoslarini shakllantirar 
ekan, fikran bu sharoitlarni maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan tizimga 
aylantiradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling