O'zbekiston respublikasi profi universitety


holatida irodaviy zo'r berishni namoyon qiladi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

holatida irodaviy zo'r berishni namoyon qiladi (masalan, ma'lum bir maqsadga 
erishish uchun iliqqina xonani tark etib issiq yoki sovuqda biron bir ishni 
bajarishga to'g'ri kelib qolganda). Irodaviy zo'r berish muskul va asab quvvatlarini 
sarflash bilan bog'liq. Tashqi muhitdagi to'siqlar, shuningdek, ichki to'siqlar ham 
(shubhalanish, ikkilanish, qo'rquv va sh.k.) zo'riqish holatini yuzaga keltiradi. Bu 
holat hamisha ma'lum bir darajada og'ir (og'rintiradigan, ma'lol keladigan) bo'ladi, 
buning kuchiga ko'ra yetarlicha irodali bo'lmagan odam maqsadga erishish 
niyatidan qaytishi mumkin. 
Maqsadga erishish yo'lidagi qiyinchiliklar ob'ektiv va sub'ektiv bo'ladi
Irodaviy zo'r berish darajasi ba'zan ob'ektiv qiyinchiliklarga mos kelmasligi 
mumkin. Masalan, tortinchoq (uyatchan) odam yig'ilishlarda so'zga chiqishda juda 
katta irodaviy kuch sarflaydi. Ayni vaqtda boshqa bir odam uchun, bu hech qanday 


174 
qiyinchilik tug'dirmasligi mumkin. Irodaviy zo'r berishga qodirlik, ma'lum 
darajada odamning temperamentiga, nerv jarayonlarining kuchi, qo'zg'aluvchanligi 
va muvozanatiga bog'lik. Lekin irodaviy zo'r berishga qodirlik asosan odamda 
ma'suliyat, burch hissining shakllanishiga, boshlagan ishini albatta nihoyasiga 
yetkazishga, uni yuqori darajada bajarishga bo'lgan ustanovkasiga bog'liq. Iroda 
mehnat jarayonida yuzaga kelgan. Bu o'rinda rus tilidagi “trud” va “trudnostь” 
so'zlarining bir ildizga ega ekanligi ham tasodifiy emas. U uzluksiz mehnatda 
shakllanadi. O'tmish mutafakkirlarimiz (Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy va 
boshq.) ishlarida, shuningdek, klassik o'zbek adabiyotida, “ranj” so'zi ko'p 
ishlatiladi. Ranj so'ziga – mehnat, mashaqqat deb izoh beriladi. (“Haq yo'linda kim 
senga bir harf o'qutmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila” 
Alisher Navoiy
1
). Bunda, ranj - mehnat, mashaqqat, qiyinchilik, to'siq degan kabi 
ma'nolarda ishlatiladi, ya'ni, ularda iroda alomatlari kuzatiladi.
Faoliyatni irodaviy boshqarish, irodaviy holatlar: qat'iylik, maqsadga 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling