odamlar o'rtasida taqsimlangan funktsiya, keyinchalik alohida olingan indivi-
diumning ixtiyoriy xulqini tashkil qilgan boshqarish usuliga aylanadi.
Irodaviy xatti-harakatlarni nutq orqali boshqarish autogen (odamning
o'zidan kelib chiqadigan) omil hisoblanadi. Irodaviy boshqarish doimo faoliyatning
tashqi shartlari bilan asoslanadi. I.M.Sechenov ta'kidlaganidek, “insonni har
qanday faoliyatining dastlabki sababi undan tashqarida yotadi”.
Odam faoliyati, agar u tabiat qonunlarini hisobga olmagan holda
amalga oshgudek bo'lsa – bema'nilik, agar jamiyat qonunlariga mos kelmasa
- jinoyat bo'ladi.
Iroda erkinligi illyuziyasi qaror qabul qilishda erkinlikdek tuyiladigan
erkinlik bilan yuzaga kelgan. Haqiqatan ham, odam biron bir qarorga kelar ekan, u
qator imkoniyatlardan o'z qarashlariga, o'z nuqtai nazariga mos keladigan bittasini
o'zi tanlaydi. Biroq ayni shu imkoniyatni tanlab olishi qator omillar: faoliyatning
ob'ektiv shartlari, shaxsning ehtiyojlari va hayotiy maqsadlari tizimi, ijtimoiy
talablar va sh.k.lar bilan ob'ektiv shartlangan (determinlashgan) bo'ladi. Bu
sharoitni hisobga olmagan holda amalga oshirilgan xatti-harakatlar impulьsiv,
anglanmagan, iroda orqali nazorat qilinmaydigan bo'ladi (masalan, patologik affekt
holatidagi xatti-harakatlar). Iroda faoliyatini ob'ektiv sharoitlarga bo'ysundirish,
maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan ichki va tashqi to'siqlarni,
qiyinchiliklarni yengib o'tish jarayoni hisoblanadi.
Yengib o'tilayotgan qiyinchiliklarning xarakteridan kelib chiqqan holda,
irodaviy jarayonning jadalligi haqida, irodaviy zo'r berish, iroda kuchi haqida
gapirish mumkin. Irodaviy xatti-harakatlar bevosita ta'sir etuvchilar bilan ziddiyat
yuzaga kelgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Odam emotsional-ijobiy ta'sir
etuvchilardan voz kechish va emotsional salbiy to'siqlarni yengib o'tish
Do'stlaringiz bilan baham: |