O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa funktsiyasi
Ta'sir etish funktsiyasi – bu boshqa odamlarda xatti-harakatga undalishni
yuzaga keltirish jarayonidir. Nutqiy ta'sir etish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bular: ishonch hosil qildirish, ko'ndirish, nasihat qilish, taklif, maslahat, do'q, po'pisa, tahdid va boshq. So'z orqali ta'sir qilish eng murakkab xatti-harakatlardan biri hisoblanadi. Odamlarni biron bir xatti-harakatga undash, ishontirish, majbur qilish, zo'rlash, muayyan berilgan vazifani bajarishga undashning qiyinligi, nafaqat zarur so'zni qidirish, topish va qo'llash bilangina emas, balki sub'ektning o'zi tomonidan o'zining psixik holati (avvalo emotsional holat)ni boshqarishi bilan shartlanadi. Shuning uchun suhbatga tayyorlanish faqat savollar, argumentlar va umuman mantiqiy vositalarni tanlab, ajratib olish bilangina chegaralanmaydi. Uning tarkibiga sub'ektning psixologik tayyorligi – o'zida zarur psixologik holatni yuzaga keltira olishga tayyorligi kiradi. Albatta, suhbat jarayonida so'zlar yordamida nutqiy ta'sir etish amalga oshirilar ekan, sub'ektning emotsional holati muhim 170 ahamiyatga ega. Chunki, bir so'z bilan, turli emotsional holatlarda turlicha fikrlarni yuzaga keltirish mumkin. Masalan, mahoratli aktyor, birgina “ha” so'zini 300 xil yoki “yo'q” so'zini 200 xil tarzda ifodalashi mumkin. Demak, birgina “ha” so'zi orqali kimnidir juda hursand, mamnun qilish yoki aynan shu “ha”ning o'zi bilanoq o'sha suhbatdoshni qattiq ranjitish mumkin. Bu o'rinda shu so'zni qanday emotsional holatda ifoda etish muhim rolь o'ynaydi. Aloqa funktsiyasi – bu so'zlarda ifodalangan fikrni boshqa odamlarga uzatish, berish jarayonidir. Tushuntirish, anglatish, ifoda etish bu funktsiyaning odatiy shakllari bo'lib hisoblanadi. Nutqning bu funktsiyasi bilish xarakteriga ega, chunki uning asosiy namoyon bo'lishi, ko'rinishi boshqa bir odamga unga xali ma'lum bo'lmagan nimanidir berishdan, unga yangi ma'lumot, bilimlarni berishdan iboratdir. Fikrlar almashtirish jarayoni asosan ikki shaklda yoki nutqning ikki turida: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling