O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Xayol haqida tushuncha
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayolning neyrofiziologik asosi
5 §. Xayol haqida tushuncha
Mavjud tajribalar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik jarayon – xayol deb ataladi. Xayol xotira va tafakkur bilan uzviy bog'liqdir. U mehnat natijasida yuzaga kelgan, inson psixik faoliyatining o'ziga xos turi hisoblanadi. Odam o'z faoliyati maqsadini oldindan, boshqalardan oldin payqash orqali o'z xayolini rivojlantiradi. Odamning individual rivojlanishi jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanib boradi. Xayol obrazlarini yaratish, ya'ni atrof olamda, voqelikda biz uchratmaydigan obrazlarni yaratish, faqat inson intellektual 165 rivojlanishining yuqori darajalaridagina amalga oshishi mumkin. Lekin tafakkurning faqat insongagina xos bo'lgan maxsus operatsiyasi – abstraktlashtirish faqat xayol tufayligina amalga oshadi. Xayol shaxsning individual-tipologik xususiyatlari, uning ehtiyojlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, xotirasi va tafakkuri turlari, bilim va malakalari bilan uzviy bog'liqdir. Xayol obrazlari bizning faoliyatimizni, xulqimizni boshqarish funktsiyasini bajaradi. Odam o'z xulqi natijasini tasavvur qilar ekan, shunga muvofiq ravishda o'z faoliyatini faollashtiradi yoki aksincha, u yoki bu noma'qul ishlardan o'zini tiyadi. Rivojlangan xayolsiz biron-bir taxminni ilgari surish ham, fikrlash eksperimentini amalga oshirish ham, bo'lib o'tgan hodisani baholash ham mumkin emas. Xayol nostandart vazifalarni ijodiy yechishning asosiy mexanizmi bo'lmish – ehtimoliy tafakkurga xizmat qiladi. Xayolning neyrofiziologik asosi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi jihatlarida paydo bo'ladigan vaqtinchalik nerv bog'lanishlar, ularning dissotsiatsiyasi (alohida elementlarga bo'linishi) va turli motivatsiyalar ta'siri ostida yangi tizimlarga birlashishi, xayolning neyrofiziologik asosi bo'lib hisoblanadi. Inson biron-bir qarorga kelar ekan, afferent tahlilni amalga oshiradi, ya'ni mazkur sharoitdan olingan va o'z xotirasidagi ma'lumotlardan xatti-harakatning bo'lajak natijasiga mos keladigan nimaiki bo'lsa shularning barini ajratib oladi. Xayol obrazlarining shakllanishi oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, nerv jarayonlarining ko'chuvchanligi, nerv sistemasining o'ta sezgirligi yangi obrazlarni nisbatan tezroq yuzaga kelishiga yordam beradi. Xayol emotsiya bilan, organik jarayonlarni boshqaruvchi bosh miya qobiq osti tuzilmalarining faoliyati bilan bog'liq. Xayol ta'siri ostida odamda o'ziga xos organik o'zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, biron bir jismoniy xatti-harakatni obrazli tasavvur etish bilan yurak urishining tezlashishi, nafas olish organlari ishlashining tezlashishini yuzaga keltirish mumkin. Xayol ham boshqa barcha psixik jarayonlar kabi miyaning analitik-sintetik faoliyatiga asoslanadi. Xayoldagi obrazlarni yaratish uchun, voqelikdagi ayrim elementlarni ajratib olar ekan, odam analitik faoliyatni amalga oshiradi, ularni yangi obrazlarga biriktirar ekan – sintetik faoliyatni amalga oshiradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling