O'zbekiston respublikasi profi universitety


oydinlashtirish; 2) uning elementlari o'rtasida mantiqiy o'zaro bog'liqlikni


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

oydinlashtirish; 2) uning elementlari o'rtasida mantiqiy o'zaro bog'liqlikni 
o'rnatish; 3) matn rejasini tuzish, tayanch so'zlarni ajratib olish; 4) materialni 
sxemalashtirish ixtiyoriy esda olib qolish shartlaridir. 
Mantiqan qayta ishlanadigan, umumlashtiriladigan, sistemalashtiriladigan, 
faol aqliy faoliyat ob'ekti bo'lgan materiallar juda mustahkam esda olib qolinadi. 
Assotsiatsiyalar, bog'lanishlar o'rnatib borilganda esda olib qolish yana ham 
muvaffaqiyatli bo'ladi. Sxemalar, jadvallar, diagrammalar (ayniqsa ular mustaqil 
ishlangan bo'lsa) esda olib qolishni osonlashtiradi. 
Materialni yodlashda, uni qayta-qayta takrorlagandan ko'ra, faol qayta esga 
tushirish, sistemalashtirish, amalda qo'llash maqsadga muvofiqdir. 
Agar, materialni mantiqan qayta ishlab bo'lmaydigan bo'lsa, unda maxsus 
mnemik usullardan foydalaniladi, ya'ni sun'iy assotsiatsiyalar yaratiladi. Sun'iy 
assotsiatsiyalarni yaratishda shaxsning individual xususiyatlarini, uning shaxsiy
professional yo'nalganligi, qiziqishlari, hayotiy tajribasi kabilarni hisobga olish 
maqsadga muvofiq bo'ladi (masalan, odamning kasbiga ko'ra, unga assot-
siatsiyalarni shu kasb xususiyatlaridan kelib chiqib yaratish. Adabiyotchi yoki 
tarixchi uchun tarixiy sanalarni esda saqlab qolishda tarixiy yoki adabiy 
personajlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. A.Navoiy tavallud topgan 1441 
yilni 1941 yili boshlangan Vatan urushidan 500yil oldin ekanligi bilan yoki 
A.Oripov urush boshlangan (1941) yili, Navro'z kuni (21mart) tug'ilganligi.). 
Ixtiyoriy esda olib qolish mexanik bo'lishi ham mumkin. Lekin bunda u 
o'zining hajmiga ko'ra ancha chegaralangan bo'ladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 
odam faqat 3-4ta izolyatsiyalangan ob'ektlarni yaxshi esda olib qolib qayta esga 
tushirar ekan. Materialni esda olib qolish va qayta esga tushirish hajmining bunday 
chegaralanishi bir izlarni boshqa izlar tomonidan tormozlanishi bilan tushuntiriladi. 


162 
Sinaluvchiga 10 ta bo'g'indan iborat bo'lgan “so'zlar” qatori taklif qilinsa, birinchi 
va oxirgi bo'g'inlar, o'rtadagilarga qaraganda osonroq eslab qolinadi. Buning boisi 
shuki, birinchi bo'g'inlar o'zidan oldingi bo'g'inlar tomonidan tormozlanishni his 
qilmaydi (chunki, undan oldin hech nima yo'q), qatorning oxirgi a'zolari ham 
o'zidan keyingi elementlar tomonidan tormozlanmaydi. O'rtadagi elementlar esa 
ham o'zidan oldingi, ham o'zidan keyingi elementlar tomonidan tormozlanib 
turiladi. O'zidan oldingi elementlar tomonidan tormozlanish – proaktiv, o'zidan 
keyingi elementlar tomonidan tormozlanish esa – retroaktiv, - teskari ta'sir 
qiluvchi tormozlanish deyiladi. Xotiraning chetki elementlarni yaxshi esda olib 
qolishini belgilovchi bu qonuniyat “chetkilik omili” deyiladi. 
Bir materialni esda olib qolishdan boshqa materialni esda olib qolishga 
o'tishda tanaffus qilish lozim (kamida 15 daqiqa). Chunki bunda retroaktiv 
tormozlanishning salbiy induktsiyasi bartaraf etiladi. 
Xotirada izlar butunlay o'chib ketmaydi, faqat qo'shimcha, xalaqit qiluvchi 
izlar ta'siri ostida tormozlanilib qoladi, degan taxmin reministsentsiya hodisasi 
bilan tasdiqlanadi. Ko'pincha, materialni idrok etgandan keyinoq qayta esga 
tushirilganda xotirada saqlanib qolgan elementlar miqdori, ma'lum bir muddat 
tanaffusdan so'ng esga tushiril-ganiga qaraganda, kamroq bo'lishi hollari ham 
kuzatiladi. Buning boisi shuki, dam olish davrida proaktiv va retroaktiv 
tormozlanish ta'siri pasayadi (olib tashlanadi). So'roq yoki yuzlashtirishni o'tkazish 
vaqtida reministsentsiya hodisasi hisobga olinishi kerak. 
36 - rasm.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling