O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Operativ xotira - mazkur faoliyat maqsadlariga erishish uchungina zarur 
bo'lgan ma'lumotlarni tanlab saqlash va dolzarblashtirishdir. Operativ xotiraning 
davomiyligi tegishli faoliyatning davom etish vaqti bilan chegaralanadi. Masalan, 
biz gap mazmunini butunligicha anglash uchun gap elementlarini eslaymiz
yechayotgan vazifamizni bajarish vaqtida topshiriq shartini eslaymiz, murakkab 
hisoblashlarda oraliq raqamlarni eslaymiz. 
Operativ xotiraning samaradorligi odamning esga olinayotgan materialni 
tashkil qila bilish qobiliyati bilan, operativ xotira birligi bo'lmish - yaxlit 
komplekslarni yarata bilishi bilan belgilanadi. Masalan, harflab, bo'g'inlab, so'zma-
so'z yoki so'zlar kompleksi bilan o'qish - bular operativ birliklarning turli 
bloklaridan foydalanishga misol bo'ladi. Agar odam turli vaziyatlarning juz'iy 
emas, balki umumiy xususiyatlarini ko'ra bilsa, o'xshash elementlarni yanada 
yirikroq bloklarga birlashtira olsa, materiallarni qayta kodlashtira olsa, operativ 
xotira ancha yuqori darajada amal qiladi. Masalan, ABD 125 raqamini 125 125 
ko'rinishida qayta kodlashtirib olib eslash osonroq bo'ladi (ya'ni harflarni shu 
harflarning alfavitdagi o'rniga mos ravishda qayta kodlashtirib olish orqali). 
Operativ xotiraning amal qilishi ma'lum darajada nerv-psixik zo'riqishni 
taqozo qiladi, chunki u bir-biriga raqobatda bo'lgan qator qo'zg'alish markazlarini 
bir vaqtning o'zidagi o'zaro ta'sirini talab qiladi. Ob'ektlar bilan ishlashda esa, 


159 
ularning holati muntazam o'zgarib turadi, operativ xotirada ikkitadan ortiq 
bo'lmagan o'zgaruvchan omillar saqlanib qolishi mumkin. 
Uzoq muddatli xotira - katta ahamiyatga ega bo'lgan mazmunni uzoq 
muddat esda olib qolishdir. Uzoq muddatli xotiraga kiruvchi ma'lumotlarni tanlab 
olish, uni kelgusida qo'llanilishi baholash ehtimoli bilan, voqealarni oldindan ko'ra 
bilish bilan bog'liq. Uzoq muddatli xotiraning hajmi ma'lumotlarning mazkur 
odam uchun qanday ahamiyatga, mazmunga ega ekanligiga bog'liq bo'ladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling