Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti marketing fakulteti brending fanidan


Download 0.68 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1533278
Bog'liq
Hakimboyev Erkin

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MARKETING FAKULTETI BRENDING FANIDAN

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MARKETING FAKULTETI BRENDING FANIDAN

MUSTAQIL ISH

Tayyorladi: MMR-81 guruh Hakimbayev Erkin

PERSONAL BRANDING

REJA:

1.Shaxsiy brending nima?

2.Shaxsiy brend qachon zarur?

3.Shaxsiy brend yaratish sari 7 qadam.

Shaxsiy brend ommaviy shaxs uchungina zarur desangiz, xato qilasiz. Hatto o‘qituvchi yoki elektr ustasi bo‘lsangiz ham, u sizga talabgir mutaxassis bo‘lishda yordam beradi.

  • Shaxsiy brend ommaviy shaxs uchungina zarur desangiz, xato qilasiz. Hatto o‘qituvchi yoki elektr ustasi bo‘lsangiz ham, u sizga talabgir mutaxassis bo‘lishda yordam beradi.
  • Brend tushunchasi marketingdagi muhim tushunchadir. Brend bo‘lmasangiz, mavjud emassiz. U holda siz kimsiz? Siz – oddiy tovarsiz. Filip Kotler
  • O‘z rezyumengizni tuzgan kuningizdan boshlab, siz mehnat bozoridagi tovarga aylandingiz. Munosib maosh to‘lanadigan yaxshi ishni topish va talabgir bo‘lish uchun sizga nafaqat professional kabi rivojlanish, balki shaxsiy brend ustida ishlash lozim.

Brend — xonada bo‘lmaganingizda odamlar siz haqingizda aytadigan gaplar.

  • Brend — xonada bo‘lmaganingizda odamlar siz haqingizda aytadigan gaplar.
  • Telegram uni Petya Ivanov emas, Pavel Durov yaratgani uchun mashhur bo‘ldi. Tesla loyihasi bilan qandaydir Jon Smit emas, Ilon Mask shug‘ullangani uchun e'tibor berishdi.
  • Axir Durovga qadar hech kim messenjerlar yaratmaganmidi? Balki texnika oliy ta'lim muassasasining iqtidorli talabasining diplom loyihasi bundan-da zo‘r bo‘lgandir. Biroq u haqida hech kim bilmaydi, Durovni esa hamma taniydi. Mask haqida ham aynan shunday fikrlarni aytish mumkin. Elektr avtomobillarni u o‘ylab topmadi, tugmasiz telefon ham Jobsning ixtirosi emas. Bu buyumlarning bari brend-shaxslar sababli mashhur bo‘ldi.

Aytish mumkinki, shaxsiy brend – bir kunda yaratilmaydigan muayyan obraz. Odamlar sizning ismingizni eshitganda aynan o‘sha obrazni tasavvur qilishadi. O‘zini zo‘r deb hisoblagan mutaxassislar mijoz va ish beruvchilar ular haqida bilishi uchun shaxsiy brendni yaratishlari lozim. Shaxsiy brend – sizning obro‘ingiz.

  • Aytish mumkinki, shaxsiy brend – bir kunda yaratilmaydigan muayyan obraz. Odamlar sizning ismingizni eshitganda aynan o‘sha obrazni tasavvur qilishadi. O‘zini zo‘r deb hisoblagan mutaxassislar mijoz va ish beruvchilar ular haqida bilishi uchun shaxsiy brendni yaratishlari lozim. Shaxsiy brend – sizning obro‘ingiz.
  • Shaxsiy brend bor-yo‘g‘i ikki savolga javob berishi lozim: sizni kim biladi va siz haqingizda nima deb o‘ylashadi?

Sohangizda yuqori raqobat bo‘lsa.

  • Sohangizda yuqori raqobat bo‘lsa.
  • Agar mashhur mutaxassis xizmatlari haqi siznikidan yuqori bo‘lsa.
  • Odamlar mutaxassislik va tajriba evaziga ko‘proq haq to‘lashga tayyor. Ular xotirjamlik va ishonchni sotib olishni istaydilar. Odamlarda haq to‘lash istagi paydo bo‘lishi uchun ularning miyasida muayyan mutaxassis obrazini yaratish uchun ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi.
  • Shaxsiy brend zarur bo‘lgan kasblar juda ko‘p: sartarosh va uslubchidan tortib, shifokor va quruvchigacha, huquqshunos va savdolar bo‘yicha menejyerdan tortib, kopirayter, dizayner va SMM-mutaxassisgacha. San'at sohasini ham yodga olish lozim – rassom, yozuvchi, musiqachi shaxsiy brendsiz to‘laqonli mavjud bo‘la olmaydi.

Yuqorida yozilganidek, shaxsiy brend – obraz. Unga mos bo‘lish, uni qo‘llab-quvvvatlash lozim. Turli odamlar fikrida obraz buzilmasligi uchun hech qanday ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda doimiylik zarur.

  • Yuqorida yozilganidek, shaxsiy brend – obraz. Unga mos bo‘lish, uni qo‘llab-quvvvatlash lozim. Turli odamlar fikrida obraz buzilmasligi uchun hech qanday ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda doimiylik zarur.
  • O‘zingiz yaxshi biladigan sohani tanlang. O‘z mutaxassisligingizni aniqlang.
  • O‘zingiz haqingizda do‘st, tanishlaringizga ijtimoiy tarmoqlarda mutaxassis sifatida gapirib bering.
  • Maqsadli auditoriyangiz, salohiyatli mijozlaringiz kim ekanini aniqlang.
  • Sizga ko‘p daromad olib keladigan salohiyatli mijozlaringizning batafsil portretini tuzing. Ular vaqtini qayerda o‘tkazishi, nimani o‘qishi, qanday kanallarni ko‘rishini tushunish muhim.
  • O‘z sohangiz va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi kitoblarni o‘qing, bilim darajangizni oshiring, xorijiy tillarni o‘rganing – suhbatlashish qiziq bo‘lgan odamga aylaning.

Tashqi obraz haqida o‘ylab ko‘ring. Mahsulotda bo‘lgani kabi brend-odamda ham muayyan jihatlar bo‘lishi lozim. Toki ular yordamida sizni tanish oson bo‘lsin. Bular: yorqin bo‘yinbog‘, pushtirang soch, soch o‘rami, ko‘zoynak va h.k.

  • Tashqi obraz haqida o‘ylab ko‘ring. Mahsulotda bo‘lgani kabi brend-odamda ham muayyan jihatlar bo‘lishi lozim. Toki ular yordamida sizni tanish oson bo‘lsin. Bular: yorqin bo‘yinbog‘, pushtirang soch, soch o‘rami, ko‘zoynak va h.k.
  • Hamkasblaringiz va salohiyatli mijozlaringiz mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ling: ko‘rgazma, konferensiya, tanlovlarda ishtirok eting.
  • O‘zingizni turli kanallarda targ‘ib eting: ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalarni rivojlantirishni boshlang, sayt va blog yarating. Keyin esa sohaga oid maydonchalar va internet-nashriyotlariga chiqing, izohlar bering, maqolalar yozing. Keng auditoriya uchun ekspert obrazini yarating.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling