O'zbekiston respublikasi profi universitety


Hukm - tafakkurning shunday shakliki, unda predmetlarning va ularni


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Hukm - tafakkurning shunday shakliki, unda predmetlarning va ularni 
belgilarining bog'liqligi yoki ular o'rtasidagi munosabatlar aks ettiriladi. 
Hukmlarda tafakkurning juz'iydan umumiyga, hodisadan mohiyatga sari 
harakati natijasi ifodalanadi. 
Hukm chin yoki yolg'on (ya'ni voqelikka zid keluvchi) bo'lishi mumkin. 
Hukmlarda sub'ekt (biron bir predmet haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor 
qilinadi) va predikat
1
(shu tasdiqlanayotgan yoki inkor etilayotgan narsa) 
farqlanadi. Hukmning predikati o'zida asosiy ma'lumotni olib yuradi. Masalan, 
“qonun teskari kuchga ega emas”- degan hukmda, “teskari kuchga ega emas” 
predikat bo'lib hisoblanadi. Hukmning bu qismida yangi bilim mujassam bo'ladi. 
Hukm psixologik nuqtai nazardan u yoki bu savolga beriladigan javobdan 
iborat bo'ladi. Masalan “Shubhalanuvchi shaxs cho'ntagidan giyoxvand modda 
topildi” degan hukm ma'lum bir savolga javob beradi. Hukmlar gaplarda 
ifodalanadi. Hukmning faqat predikatidangina iborat bo'lgan noto'liq gaplar 
ko'rinishidagi shakllari ham mavjud (masalan, “keldi”, “o'tirdi” kabi). Bunday 
gaplarda sub'ekt, ya'ni gapning egasi, umumiy vaziyatdan kelib chiqqan holda bilib 
olinadi (masalan, avtobus kutib turgan odamlar odatda “kelayapti” deyishadi va 
hamma nima kelayotganligini tunishadi, ya'ni gap nima haqida ekanligini biladi.) 
Kontekstlikdan (tugal fikr, mazmundan) tashqaridagi gap hukmning 
mazmunini noadekvat ifoda etishi, unda predikat gapning kesimi - hukm sub'ekti 
bilan mos kelmay qolishi mumkin. 
1
Predikat - deyilganda, logikada, sub'ektni aniqlovchi bo'lib xizmat qiluvchi tushuncha
ma'lumotlar nazarda tutiladi. 


150 
Hukmlarda nafaqat predmet haqidagi bilimlar, balki odamning shu 
bilimlarga sub'ektiv munosabati, bu bilimlarning chinligiga ishonishining turli 
darajasi ham ifodalanadi (masalan, “balki ayblanuvchi Eshmatov A. jinoyatni sodir 
etmagandir” - kabi muammoli hukmlarda). Agar, hukmlarning chinligi shubha 
tug'diradigan bo'lsa, unda tafakkur mulohaza shakliga o'tadi. Hukm oldindan 
tekshirilgan faktlar qonuniyatlar, xulosalar tizimi bilan maxsus asoslanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling