Odam tafakkurining mohiyati - umumiy bog'liqliklarni aniqlash, bir
xildagi hodisalar guruhlarining xususiyatlarini umumlashtirish, muayyan
hodisa mohiyatini, ma'lum bir hodisalar sinfining bir ko'rinishi sifatida
tushunish kabilardan iborat.
Lekin, tafakkur sezgi va idrok chegarasidan chiqib ketar ekan, baribir
voqelikni hissiy bilish bilan uzviy bog'liqligicha qoladi. Yashirin, tovushsiz, ichki
nutq odam tafakkurining mexanizmi bo'lib hisoblanadi. Ichki nutqning
qisqartirilganligi, torligi uning asosiy xususiyatidir. Lekin, fikrlash jarayonida
qiyinchiliklar yuzaga kelib qolsa, ichki nutq kengaytirilgan shaklga aylanadi va
ko'pincha shivirlash yoki eshitiladigan nutqqa aylanadi. Bu abstrakt nutqiy
materiallar: vazifalarning sharti, tuzilishi va sh.k.larni yaxshiroq tahlil qilish va
mustahkamlash imkonini beradi.
Til materiallarni mavhumlashtirish, ularning muhim belgilarini ajratib olish,
bilimlarni qayd qilish va saqlash, bilimlarni boshqa odamlarga uzatish vositasi
hisoblanadi. Faqat til tufayligina butun insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi
alohida bir individiumning mulki, boyligi bo'la oladi. So'zning mazmuni
tafakkur quroli bo'lib hisoblanadi.
Tafakkur ijtimoiy shartlangandir, u faqat odam ijtimoiy sharoitlarda,
muhitda yashagandagina yuzaga keladi. U bilimlarga, ya'ni insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribalariga asoslanadi.
Tarixiy rivojlanish jarayonida fikrlash xatti-harakatlari ma'lum bir mantiqiy
qoidalarga bo'ysuna boshlagan. Doimo takrorlayverish va amaliyotda tekshirib,
sinalib ko'rilganidan so'ng, bu qoidalar odam ongida mustahkamlanib va uning
uchun aksiomatik xarakter kashf etib borgan.
Tafakkur hodisalari klassifikatsiyasi
Tafakkurning turli xil hodisalaridan: tafakkur faoliyati, tafakkur xatti-
harakati, tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tafakkur turlari,
Do'stlaringiz bilan baham: |