O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Tafakkur haqida tushuncha
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
3 §. Tafakkur haqida tushuncha
Sezgi va idrok jarayonida odam olamni bevosita hissiy aks etish orqali biladi. Biroq narsa hodisalarning ichki qonuniyatlarini, mohiyatini biz ongimizda bevosita aks eta olmaymiz. Bironta ham qonuniyatni bevosita hissiy bilish organlari orqali aks ettirib bo'lmaydi. Derazadan tashqariga qarab ko'chalar, daraxtlar, tomlarning xo'lligiga qarab (ko'rib) yomg'ir yoqqanligini aniqlaymizmi, yoki sayyoralar harakati qonunlarini aniqlaymizmi bundan qat'i nazar, bu vaziyatlarda biz mantiqiy (tafakkur, fikrlash) operatsiyalarni amalga oshiramiz. Ya'ni dalillarni solishtirib, voqelikdagi hodisalar o'rtasidagi mavjud (muhim) bog'liqliklar, aloqalarni aks ettiramiz. Odam hech qachon elementar zarrachalar (atomlar, molekulalar)ni ko'rmagan, hech qachon Mars, Venera yoki Quyoshda bo'lmagan, biroq tafakkur natijasida u materiyaning ma'lum bir elementar qismlari haqida va Mars yoki boshqa sayyoralarning ayrim xususiyatlari haqida ma'lumotlar olgan. Bilish narsa, hodisalar o'rtasidagi munosabatlar va aloqalarni aniqlashga asoslanadi. Masalan, buyuk bobokalonimiz Abu Rayxon Beruniy, Amerikada bo'lmagan, u qit'aga bormagan. Biroq, biz bilamizki, u zot o'z asarlarida Ummon ortida quruqlik borligi, u yer faunasi, florasi haqida, u quruqlikda yashaydigan jonivorlar, o'sadigan o'simliklar haqida tafakkur qilib, mantiq mushohadasidan o'tkazib, u yerdagi elementlar haqida fikr yuritdan. Yoki Al-Xorazmiy ham oyda bo'lmagan, biroq yer va oy orasidagi masofani aniq hisoblab yergan. Geografiyaga uzunlik va kenglik tushunchalarini kiritgan. Bu kabi holatlarga o'tmish ajdodlarimiz ishlaridan ko'plab misollar keltirish mumkin. Bularning hammasi ular tafakkurining, “aql mash'ali”ning maxsulidir. Olamni bilar ekan, odam hissiy bilish tajribalari natijalarini umumlashtiradi, narsalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiradi. Atrof olamni bilish uchun bu hodisalar o'rtasidagi bog'liqlik, aloqalarni sezishgina yetarli emas, balki bu aloqalar, shu narsalarning umumiy xususiyati ekanligini ham aniqlash kerak. Shu umumlashgan asosda odam muayyan bilish vazifalarini hal etadi. Tafakkur bevosita, hissiy aks etish yo'li bilan javob berib bo'lmaydigan savollarga javob beradi. Masalan, tergovchi jinoyat sodir etilgan joyni ko'zdan kechirib chiqar ekan, 142 ro'y bergan hodisaning ayrim izlarini topadi. Ular o'rtasidagi muhim, so'zsiz takrorlanadigan o'zaro aloqalarni aniqlar ekan, u mantiqiy tafakkur yo'li bilan voqeaning borishini (qanday sodir etilganligini) ehtimoli bo'lgan yo'llarini ishlab, (qayta tiklab) chiqadi. Bu qayta ishlab chiqish bevosita, voqelikda ro'y bergan hodisaning tashqi ifodalanishi va mohiyati o'rtasidagi bog'liqliklarni tushunish yo'li bilan amalga oshiriladi. Tafakkurning bu jarayoniga tarixiy-hujjatli manbalardan bir misol keltirishimiz mumkin. Razvedkaviy faoliyatga oid adabiyotlarda qayd etilishicha, 1941-1945 yilgi urush arafasida, sovet fuqarolari Germaniyadan SSSR hududiga, chegarachilar e'tiborini o'ziga qaratmaydigan har-xil temir-tersak buyumlari, fonarlar ko'p miqdorda olib o'tisha boshlagan. Bu buyumlar esa aksariyat hollarda ishlatilib bo'lingan eski latta qiyqimlariga o'ralgan bo'lgan. Germaniya chegarachilari chegaradan o'tuvchilarning buyumlarini nazorat qilar ekanlar, ular asosiy e'tiborni shu latta qiyqimlariga o'ralgan buyumlarga qaratganlar. Ular esa chegarachilarda hech qanday shubha uyg'otmagan. Aslida esa shu buyumlar o'ralgan lattalar nemis soldatlarining oyoq kiyimlarini yoki qurol aslahalarini tozalaydigan lattalarining qoldiqlari bo'lgan. Bu lattalarni va ulardagi moy tarkibini laboratoriyalarda o'rganib chiqish orqali SSSR maxsus xizmati idoralari nemis qo'shinlarining SSSRga hujum qilishga qay darajada tayyorgarlik ko'rayotganligi haqidagi ma'lumotlarni olishga erishgan. Yoki aynan shu manbada qayd etilishicha, Germaniya hududida faoliyat ko'rsatayotgan sovet razvedkasi bozorlarda qo'y go'shti va qo'y terisi narxi qandayligi haqida kuniga ikki martadan ma'lumot berib turgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, agar Germaniya armiyasi SSSRning sovuq iqlimli hududida jang qilishga tayyorlangudek bo'lsa, unda o'z qo'shinlari uchun ko'p miqdorda issiq kiyimlar tayyorlashi lozim bo'ladi. Buning uchun mamlakatda so'yilishi lozim bo'lgan qo'ylar soni ortadi. Bu esa o'z navbatida bozorlarda qo'y go'shti narxining pasayishi va teri narxining ortishiga olib keladi. Narx navoning bunday o'zgarishi va shu kabi ma'lumotlarni umumlashtirgan holda maxsus hizmat vakillari tegishli xulosalarga kelishlari mumkin bo'lgan. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Bunday bevosita aks etishni faqat umumlashtirish, bilimlar asosidagina amalga oshirish mumkin. Tafakkur tufayli odam, oldin olgan (ega bo'lgan) umumlashtirishlaridan yangi aniq vaziyatlarda, sharoitlarda foydalanish orqaligina atrof olamda to'g'ri oriyentatsiya qila oladi. Hazrat Navoiy aytganlaridek: “Dedi: har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod” 1 . Odamning faoliyati ob'ektiv voqelikdagi o'zaro aloqalar, qonuniyatlarni bilganligi uchungina oqilonadir. Shunday qilib, tafakkur - voqelikning muhim qonuniyatli o'zaro bog'liqligini bevosita va umumlashtirilgan holda aks ettirilishidir. Bu voqelikning muayyan vaziyatlarida umumlashtirilgan holda oriyentatsiya qilishdir. 1 Навоий Алишер. Ҳикматлар /Нашрга тайёрловчилар: С.Муталлибов, Э.Очилов. –Т.: “Шарқ”, 2006.-Б.48. 143 Tafakkurda faoliyat sharoitlarini uning maqsadiga munosabati aniqlanadi, bilimlarni bir vaziyatdan boshqasiga o'tkazish amalga oshiriladi, mazkur vaziyatni maxsus umumlashtirishga, sxemaga aylantirish kabilar amalga oshadi. Masalan, Miletlik Fales Misr piramidalarining balandligini bir ob'ekt tomonlari bilan boshqa ob'ektlarning ham shunday tomonlari o'rtasidagi munosabat (nisbat)larning bir-biriga ko'chirish, qiyoslash orqali aniqlagan. U ularning soyasini quyosh tikkaga kelgan paytda o'lchab chiqqan. Bunga, buyuk ajdodlarimiz Ahmad Farg'oniy (Ferganus)ning “Nilomer”ni ixtiro qilgani, Abu Rayxon Beruniyning “aql mash'ali, dengiz ortin ilk bor yoritganligi”, amerika qit'asi, u yerning fauna- florasi haqida bildirgan fikrlari ham yaqqol misol. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling