3-ma’ruza temir yo‘l transportining asosiy inshootlari reja


Download 0.69 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1385463
  1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 3


3-MA’RUZA


TEMIR YO‘L TRANSPORTINING ASOSIY INShOOTLARI


Reja:
1.Temir yo‘llarda har xil muhandislik inshootlari – temir yo‘llar , harakatlanuvchi tarkiblar.
2. Lokomotiv va vagon xo‘jaligi inshootlari
3. Signallashtirish, aloqa va hisoblash texnikasi inshootlari
4. Elektr va suv ta’minoti inshootlari
5. Temir yo‘l stansiyalari va uzellari inshootlari

Tayanch so‘z va iboralar: temir yo‘llar, harakatlanuvchi tarkiblar, lokomotiv va vagon xo‘jaligi, signallashtirish, aloqa, temir yo‘l stansiyalari va uzellari, elektr va suv ta’minoti.




1.Temir yo‘llarda har xil muhandislik inshootlari – temir yo‘llar , harakatlanuvchi tarkiblar.
Temir yo‘llarda har xil muhandislik inshootlari – temir yo‘llar, harakatlanuvchi tarkiblar, lokomotiv va vagon xo‘jaligi inshootlari, signallashtirish, aloqa va hisoblash texnikasi inshootlari, elektr va suv ta’minoti inshootlari, temir yo‘l stansiyalari va uzellari inshootlari.
Temir yo‘l transporti murakkab, ko‘p tarmoqli xo‘jalik bo‘lib, uning tarkibiga temir yo‘llar, korxonalar, administrativ-xo‘jalik, madaniy-maishiy va tibbiy muassasalar, ilmiy va o‘quv yurtlari va maktablar kiradi.



3.1-rasm. Amudaryo temir yo‘l ko‘prigi


Tashish jarayonini bajarish uchun temir yo‘llar texnik jihozlar, harakat vositalari, temir yo‘l inshootlari va qurilmalariga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:


– temir yo‘llar, ularning ajratish punktlaridagi qabul, jo‘natish, poezdlarni qayta tayyorlash, ular bilan boshqa jarayonlarni bajarish yo‘llari;

3.2-rasm. Temir yo‘l qurilishi


yo‘lovchilarni chiqarish, tushirish va ularga xizmat ko‘rsatish qurilmalari va inshootlari;
– yuklarni saqlash, ortish va tushirish qurilmalari;
– temir yo‘llarda poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan avtomatika, telemexaniqa, aloqa va hisoblash texnikasi qurilmalari;






3.4-rasm. Elektryuklagichlarda yuklarni ortish

– lokomotivlar va vagonlarni ta’mirlash va moddiy ta’minot inshootlari;



3.5-rasm. Teplovozlar


– elektrlashtirilgan liniyalarda elektr ta’minoti qurilmalari, tortish nimstansiyalari va kontakt tarmoqlari;



3.6-rasm. Elektr ta’minot nimstansiyasi



– suv ta’minoti qurilmalari;
– moddiy ta’minot qurilmalari va boshqalar.
Temir yo‘llarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va yuk ishlari butun temir yo‘l tarmoqlari bo‘ylab tarqalgan bo‘lib harakatni har qanday sharoitlarda ham muntazam tashkil qilish, xo‘jalik va bo‘linmalardagi ishlarni o‘zaro xamkorlikda, aniq va tartibli bajarish ehtiyoji temir yo‘llarni boshqarishni o‘ziga xos tartibda tashkil etishni taqozo etib uning asosiga quyidagi tamoyillarni qo‘yadi: a) markaziy boshqaruvni tarmoq bo‘linmalarining katta huquqlari va mustaqil boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirish; b) yakka boshqaruvchilik tartibiga rioya qilish; v) boshqaruvni ishlab chiqarish va hududiy tamoyillar asosida tashkil etish, uning tezkor va aniqligini ta’minlash.
Poezdlarni belgilangan tezlikdagi harakat bilan o‘tkazish uchun temir yo‘l quriladi. Temir yo‘l murakkab muhandislik inshooti bo‘lib poezdlar harakatining beto‘xtovligi va xavfsizligi, hamda temir yo‘llarning texnik vositalaridan foydalanish samaradorligi temir yo‘lning holatiga bevosita bog‘liq.
Temir yo‘l transportining yo‘l xo‘jaligi temir yo‘lning o‘zi, uning barcha inshootlari, qurilmalari hamda ishlab chiqarish bo‘limlari va xo‘jalik korxonalaridan tashkil topgan.
Temir yo‘l) ostki va ustki qismlardan tashkil topadi. Yo‘lning ostki qismi yer polotnosi va sun’iy inshootlardan (ko‘priklar, tonnellar, quvurlar, tirgak devorlar va boshqalar) iborat. Yo‘lning ustki qismi ballast qatlami, shpal, relslar, biriktirgichlar, surilishga qarshi moslamalar, strelkali o‘tkazgichlar, ko‘prik va o‘tkazgich shpallari (bruslar) jamlamasidan tashkil topadi. Ballast qatlam shpallar orqali bosimni qabul qilib, uni yer polotnosining asosiy maydonchasiga uzatadi, bosim notekisligini yumshatadi, hamda temir yo‘l izi barqarorligini ta’minlab shpallarning bo‘ylama va ko‘ndalang siljishiga to‘sqinlik qiladi. Shpallar rels orqali bosimni qabul qilib uni ballast qatlamiga uzatadi hamda relsli izlarning o‘zaro barqaror holatini ta’minlaydi. Relslar harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarini yo‘naltiradi va og‘irlik bosimini qabul qilib shpallarga uzatadi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling