3-ma’ruza temir yo‘l transportining asosiy inshootlari reja


Lokomotiv va vagon xo‘jaligi inshootlari


Download 0.69 Mb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1385463
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 3

2. Lokomotiv va vagon xo‘jaligi inshootlari
Lokomotiv xo‘jaligi temir yo‘llarda tashish ishlarini tortish vositalari bilan ta’minlash va ularni texnik talablari bo‘yicha saqlash ishlarini olib boradi. Bu xo‘jalikning asosiy qurilma va inshootlari lokomotiv depolari, lokomotivlarning ayrim uzellarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslpashtirilgan ustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari, lokomotivlarni ekipirovka qilish (moddiy ta’minlash) va brigadalarni almashtirish punktlari va zahiradagi lokomotivlar bazalari kiradi.
Ekipirovka lokomotivni yoqilg‘i, suv, qum, moylash va artish materiallari bilan ta’minlab, ishlashga tayyorlash jarayonlarini o‘z ichigi oladi.
Lokomotiv deposi lokomotiv xo‘jaligidagi asosiy ishlab chiqarish birligi bo‘lib, ular uchastka, saralash va yirik yo‘lovchi stansiyalarda quriladi. Yuk va yo‘lovchi poezdlar uchun biriktirilgan lokomotivlar parki bo‘lgan, lokomotiv binolari, ustaxonalar va boshqa ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari bo‘lgan, lokomotivlarni joriy ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekipirovka qurilmalari bilan jihozlangan depolar asosiy depo deb ataladi.
Elektrovoz va teplovozlarni mashinist va uning yordamchisidan iborat lokomotiv brigadalari boshqaradi. Elektrovoz va teplovozlar, motorvagonli poezdlar, manyovr lokomotivlarni temir yo‘l boshqarmasi ruxsati bilan mashinist tomonidan yolg‘iz boshqarishga ruxsat etilishi mumkin. Elektrovozli va teplovozli tortishlarda bir lokomotiv brigadasi yagona mashinist xonasidan bir necha lokomotiv yoki doimiy birlashtirilgan lokomotiv seksiyalarini boshqarishi mumkin.
Vagon xo‘jaligining asosiy vazifalari – vagonlar­ni saqlash, ularni yuk va yo‘lovchilarni tashishga tayyorlash hamda yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlashdir.
Vagon parkining uzluksiz ishlashida, vagonlarning yaxshi saqlanishida texnik qarovning ahamiyati katta. Shuning uchun vagonlarni poezdning safidan uzmasdan va uzib ko‘zdan kechirish, texnik qarov, tekshiruv va ta’­mirlash ishlari bajariladi.
Vagon parkini yaxshi saqlash, asosiy qurilmalar va uskunalardan yaxshi foydalanish uchun vagon depolari, vagonni tayyorlash texnik qarov punktlari, vagon­larni ajratib va ularni ajratmagan holda ta’mirlash punktlari, tekshirish, vagon g‘ildiraklarini almashtirish, ekipirovka va refrijerator vagonlarga texnik qarovni uyushtirish, provodniklar yig‘ilish xonalari va kontorasi, xodimlarga xizmat ko‘rsatish joylari mavjud.
Vagon ta’mirlash korxonasi yirik korxonalardan biri hisoblanib, vagonlarni ta’mirlashga mo‘ljallangan. U yerda vagonlarni ta’mirlashdan tashqari vagonlar takomillashtiriladi, ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi va bundan tashqari vagon g‘ildiraklarini sozlash ishlari bajariladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling