3-ma’ruza temir yo‘l transportining asosiy inshootlari reja


Signallashtirish, aloqa va hisoblash texnikasi inshootlari


Download 0.69 Mb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1385463
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 3

3. Signallashtirish, aloqa va hisoblash texnikasi inshootlari
Temir yo‘l transportining barcha tarmoq va xo‘jaliklarida turli ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik va telemexanik boshqarish tizimlari keng qo‘llaniladi. Ushbu xo‘jaliklar zamonaviy hisoblash va kompyuter texnologiyalari, tortish energetika va suv ta’minoti tizimlari ishining teleboshqaruv tizimlari, vokzallarda yo‘lovchilarga barcha turdagi xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar komplektlari, lokomotiv va vagon xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan turli-tuman avtomatika tizimlari bilan yetarlicha jihozlangan. Jumladan, temir yo‘llarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TYBAT) o‘zida bir qator quyi tabaqa tizimlarini mujassamlashtirgan bo‘lib, ular saralash stansiyalarni boshqarishni avtomatlashtirish (SSBAT), tashish jarayonlarini tezkor boshqarish (TJTBAT), elektr ta’minotini avtomatik boshqarish tizimlri (ETABT) va boshqalardan tashkil topgan. Temir yo‘llarning turli xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan avtomatika va telemexanika tizimlari xilma-xil va murakkab bo‘lib, ular haqida ma’lumotlar tegishli bo‘limlarda berib boriladi. Mazkur bo‘limda faqat temir yo‘llarda poezdlar harakatini boshqarish va harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida qo‘llaniladigan avtomatika, telemexanika va signallash qurilma va uskunalari haqida tushunchalar beriladi. Ushbu qurilma va uskunalar tizimi ikki asosiy guruhga ajratib o‘rganiladi: peregonlarda qo‘llaniladigan signallash, markazlashtirish va blokirovka (SMB); stansiyalarda qo‘llaniladigan signallash, markazlashtirish va blokirovka (SMB) qurilmalari.
Poezdlar harakati va stansiyalarda manyovr ishlari doimo o‘zgarib turadigan sharoitlarda bajariladi. Ushbu jarayonlarni bajarishda lokomotiv mashinistlariga va harakatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatchilarga tegishli buyruq va ko‘rsatmalarni signal yordamida katta masofalardan uzatish uchun temir yo‘llarda signallash tizimlaridan foydalaniladi. Temir yo‘llarda signallash harakat xavfsizligini ta’minlash, hamda poezdlar harakati va manyovr ishlarini aniq bajarish uchun qo‘llaniladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling