O'zbekiston respublikasi profi universitety


Ko'rish idroki illyuziyasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ko'rish idroki illyuziyasi. Ob'ektlarni makonda o'zaro joylashishini idrok 
qilishda ayrim holatlarda ko'rish idroki illyuziyasi yuzaga keladi. Ular jismoniy, 
fiziologik va psixologik sabablar tufayli paydo bo'ladi. Stakandagi choyga solingan 
qoshiqni (siniqdek) tuyilishi – jismoniy illyuziyaga misol bo'ladi. Agar ko'z 
olmasini yon tomondan bosilsa, unda ko'rinib turgan predmet “harakatga” keladi – 
bu fiziologik illyuziyaga misol. Psixologik illyuziyalarni esa uni yuzaga 
keltiradigan turli xil sabablarga ko'ra turli guruhlarga farqlash mumkin (33- 
a,b,v,g,d,e-rasmlar). 
Kundalik hayotda, jumladan tergov faoliyatida idrokning, shuningdek 
illyuziyalarning ham qonuniyatlarini hisobga olish kerak. Masalan, jinoyatchi izlari 
tasviri tushirilgan fotografiyani ko'rib chiqilayotgan vaqtda illyuziya yuzaga 
kelishi, ya'ni bo'rtib chiqqan joylar chuqurdek idrok qilinishi mumkin. (34-rasm). 
Bu 
tasvirni 
qanday 
izohlash mumkin? Bu va-
zifani yechishda shuni na-
zarda tutish kerakki, odatda 
odamlarda 
fotografiyada, 
sur'atda tasvirlangan ob'-
ektga yorug'lik, kuzatuv-
chidan qarama - qarshi 
tomondan (uning orqasidan 
emas) 
tushayapti 
degan 
strereotip 
shakllangan 
bo'ladi. Shu ning uchun 
34-rasm
Ob'ekt relьefini idrok etish yorug'lik yo'nalishini 
izohlashga bog'liq bo'ladi. Rasm 180 gradusga ag'darilsa - 
mayda bo'rtiqlar chuqurlikdek va yirik bo'rtiqlar bo'rtib 
chiqqandek idrok qilinadi
zarur vaziyatlarda fotografiyaga yorug'lik qaysi tomondan tushganligini ko'rsatib 
qo'yish lozim. Kriminalistikada idrokning bu xususiyatiga amal qilinadi. 
Vaqtni idrok qilish - uzoqlikni, masofani va hodisalar ketma-ketligini 
aks ettirish.
Nerv hujayralarining ma'lum bir holati vaqtni idrok qilishning fiziologik 
mexanizmlari bo'lib hisoblanadi. Qo'zg'atuvchilarning uzoq muddat ta'sir etib 
turishi oqibatida (muntazam ta'sir etib turuvchi qo'zg'atuvchilar ta'siri yig'indisi 
hisobiga) nerv hujayralarining qo'zg'alishi kuchayadi. Vaqtni idrok etish ham 
boshqa barcha psixik aks etishlar kabi ob'ektiv voqelikning sub'ektiv obrazi 


141 
hisoblanadi. Unchalik katta bo'lmagan vaqt oralig'ining davomiyligi odatda bir oz 
oshirib (orttirib) yuboriladi, vaqtning katta intervallari esa bir oz kamaytirib idrok 
etiladi. Tezkor tepm ham vaqt oralig'ini orttirib yuborilishiga, sekin temp esa 
kamaytirib aks ettirishga olib keladi. Qiziqarli va ahamiyatli voqealar bilan bog'liq 
bo'lgan vaqt oralig'i bir oz qisqadek tuyuladi (eslashda esa, aksincha uzoq tuyiladi). 
Ijobiy hissiyotlarda vaqt kamsitib (kamaytirilib) baholanadi, salbiy hissiyotlarda 
esa orttirib baholanadi. Vaqtni kamaytirish doimo qo'zg'alishning tormozlanishdan 
ustunlik qili-shining natijasi hisoblanadi. Vaqtni orttirib idrok qilish esa bir xil
kam ahmiyatli qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida yuzaga keluvchi tormozlanishning 
ustunligi bilan bog'liq. Vaqtni idrok etish tabiatdagi (tun va kunning, yil 
fasllarining va boshqalarning almashinuvi) va odam organizmidagi (moddalar 
almashinuvi va boshq.) turli siklik hodisalar bilan bog'liq. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling