144
Tafakkur xatti-harakatlari - real olamdagi ob'ektlarning bevosita
berilmagan, ko'rinmaydigan, yashirin xususiyatlari va
munosabatlarini aniqlashga
qaratilgan tafakkur (fikrlash) operatsiyalarining majmuidir.
Tafakkur operatsiyalariga
taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlash-
tirish, klassifikatsiyalash va konkretlashtirishlar kiradi. Tafakkurning barcha
operatsiyalari analiz va sintez bilan bog'liq.
Analiz va
sintez - butun bilish
jarayonining ikki ajralmas tomonidir.
Tafakkur (fikrlash) xatti-harakatlarining mahsuli - aniqlangan bilish
natijalari tafakkurning uch shakli (formasi)da namoyon bo'ladi.
Tafakkur shakllari: 1)
tushuncha, 2)
hukm, 3)
xulosalardir. Tafak-
kurning bu uch shakli o'rtasidagi o'zaro munosabatlar
qonuniyatlarini mantiq
(logika) fani o'rganadi. Tafakkur shakllari qonuniyatlarini o'rganar ekan, logika
fikrlarning shu shakllarda mujassam bo'lgan muayyan (konkret) mazmunidan
chalg'ib
boshqa
ishonchli
manbalar,
bilimlardan
olinadigan
bilimlarni
haqqoniyligining umumiy qonunlari va tamoyillariga erishishni aniqlaydi.
Psixologiya esa, yangi bilish
natijalariga olib keluvchi, yangi bilimlarni ochuvchi
ijodiy tafakkur qonuniyatlarini o'rganadi.
Mazmunining ustunligiga ko'ra tafakkur: 1)
amaliy, 2)
badiiy, 3
) ilmiy
tafakkurlarga bo'linadi.
Xatti-harakat amaliy tafakkurning tuzilish birligi bo'lib hisoblanadi,
uning
kommunikativ birligi - esa
- signaldir.
Obraz - badiiy tafakkurning tuzilish birligi,
simvol - esa kommunikativ
birligi bo'lib hisoblanadi.
Tushuncha va
belgi mos
ravishda ilmiy tafakkurning
birligidir.
Tafakkur (fikrlash) faoliyati turli operatsion amallar tadbirlar vositasida
amalga oshirilishi mumkin. Bular:
algoritmik tafakkur,
evristik tafakkur va
Do'stlaringiz bilan baham: