O'zbekiston respublikasi profi universitety


Sezgilarning kontrastligi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Sezgilarning kontrastligi - bu bir xususiyatga sezgirlikning, voqelikdagi 
boshqa qarama-qarshi xususiyatlar ta'siri ostida ortishidir. Masalan, kul rangdagi 
bir shakl oq fonda qoradek, to'qdek, xiradek - qora fonda esa yorqindek tuyuladi. 
Ba'zan bir turdagi sezgilar qo'shimcha sezgilarni yuzaga keltirishi mumkin. 
Masalan, tovushlar rang sezgilarini yuzaga keltirishi mumkin, sariq rang - nordon 
sezgilarni yuzaga keltiradi. Bu holat sinesteziya deyiladi. 
Shunday qilib, sezgilarning umumiy psixofiziologik qonuniyatlari: jadalligi, 
sezgi chegaralari, nisbiy sezgirlik, mutlaq sezgirlik, farqlanish chegarasi, 
differentsial 
chegara, 
adaptatsiya, 
analizatorlarning 
o'zaro 
munosabati, 
kompensatsiya, sensibilizatsiya, desensibilizatsiya, sinesteziya kabilardan iborat. 
Sezgilarning barcha turlari shu qonuniyatlarga bo'ysunadi. 
2 §. Idrok xaqida tushuncha 
 
Narsa va hodisalarni yaxlitligicha aks ettirish - idrok deb ataladi. Idrok 
narsalar, predmetlar va hodisalarni anglash, tushunish, tanish, ularni ma'lum bir 
toifaga kiritish bilan bog'liqdir (26-rasm). Idrok xatti-harakatlar vositasida amalga 
oshadi, u idrok etilayotgan predmetni, ob'ektni tadqiq etish, uning obrazini yaratish 
bilan bog'liq. 
Harakat jarayonlari (predmet konturi bo'yicha ko'zning harakati, qo'lning 
predmet sirti, yuzasi bo'yicha harakati, hiqildoqning harakati, eshitilayotgan 


134 
tovushning chiqishi kabilar) har bir idrok aktining muhim tarkibiy qismi bo'lib 
xizmat qiladi. 
Idrokning neyrofiziologik asoslari
Analizatorlarning 
kompleks 
analitik-
sintetik 
faoliyati 
idrokning 
fiziologik 
mexanizmlari bo'lib hisoblanadi. Chunki 
idrok jarayonida predmetlarning qismlari 
va xususiyatlari o'rtasidagi munosabatlar
bog'liqliklar anglanadi. Shuning uchun 
ham, shu munosabatlarga nisbatan bo'lgan 
shartli reflekslar idrokning fiziologik me-
xanizmlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Agar 
analizatorga ma'lum ketma-ketlikda ta'sir 
etadigan qo'zg'atuvchilar tizimi doim ta'sir 
etib turaversa, unda ularga nisbatan 
beriladigan 
javob 
reaktsiyasi 
alohida 
olingan qo'zg'a tuvchi ta'siriga emas,
26-rasm. Idrok ob'ektining qaysi 
alomatlari, belgilari uni anglashda asosiy 
belgisi deb tanlab olinishi bilan shartlanadi. 
Bu rasmda yosh ayol yoki qari kampir 
obrazini ko'rish mumkin
balki shu qo'zg'atuvchilarning o'zaro bog'liqligi, aloqasi, ularning nisbatiga bog'liq 
bo'ladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling