O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

 
Qo'zg'atuvchi 
Qo'zg'atuvchi jadalligini bir 
tartibga o'zgarishida 
sezgirlikning o'zgarishi 
darajasi. 
Yorug'lik 
Hid
Tovush 
Maza-ta'm 
Sovuq 
Issiq 
Teginish 
Elektr 
0,4 
0,5 
0,6 


1,5 
1,7 
3,5 
25-rasm. Qo'zg'atuvchi jadalligining 
o'zgarishida sezgilarni o'zgarishining darajali 
bog'liqligi
Bunday bog'liqlik haqidagi ma'lumotlar 25-rasmda berilgan. 
Sezgilarning quyi va yuqori mutlaq chegaralari (mutloq sezgirlik) odam 
sezgirligining chegaralarini xarakterlaydi. Biroq, har bir odamning sezgirligi turli 
sharoitlarga bog'liq holda o'zgarib turadi. Masalan, unchalik yaxshi yoritilmagan 
xonaga kirgan vaqtimizda biz dastavval predmetlarni farqlamaymiz, biroq shu 
sharoitning ta'siri ostida analizatorning sezgirligi ortadi. Odamlar sigareta 
chekishayotgan xonada yoki biron bir hid bilan to'lgan xonaga kirganimizda, bu 
hidlarni darhol sezamiz, ma'lum bir vaqt o'tganidan so'ng biz bu hidlarni sezmay 
qo'yamiz (analizatorlar sezgirligi kamayadi). 
Analizator sezgirligining - unga ta'sir etayotgan qo'zg'atuvchi ta'siriga 
shu analizatorning moslashib borishi natijasida o'zgarishi adaptatsiya 
deyiladi. 
Turli analizatorlar turlicha tezlikdagi va turlicha diapazondagi adaptatsiyaga 
ega. Bir xil qo'zg'atuvchilarga adaptatsiya nisbatan tezroq, boshqalariga esa 
sekinroq amalga oshadi. Hid bilish va taktil analizatorlarida adaptatsiya tezroq 
amalga oshadi. Masalan, yod hidiga, to'la adaptatsiya bir minutdan keyinroq 
amalga oshadi. Bosimni his qilish 3 sekunddan keyin qo'zg'atuvchi kuchining 1/5 
qisminigina aks etadi (peshonasiga surib qo'yilgan ko'zoynakni qidirish - taktil 
adaptatsiyaga bir misol bo'la oladi). Eshitish, maza-ta'm va ko'rish analizatorlarida 
adaptatsiya ulardanda sekinroq ro'y beradi. Qorong'ulikka to'la moslashish 
(adaptatsiya) uchun 45 minut zarur bo'ladi. Undan so'ng (shuncha vaqtdan so'ng) 
ko'rish sezgirligi 200 000 martaga (adaptatsiyaning eng katta diapazoni) ortishi 
kuzatiladi. 
Adaptatsiya hodisasi o'ziga xos biologik ahamiyatga ega. U kuchsiz qo'zg'a-
tuvchilarni aks etishga va analizatorni haddan tashqari kuchli quzg'atuvchi 
ta'siridan saqlashga xizmat qiladi. 
Sezgirlik nafaqat tashqi quzg'atuvchi ta'siriga, balki organizmning ichki 
holatiga ham bog'liq bo'ladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling