O'zbekiston respublikasi profi universitety


Sezgilarning neyrofiziologik


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Sezgilarning neyrofiziologik 
asoslari 
Bizning sezgi organlarimizga ta'sir 
etayotgan narsa hodisalarning alohida 
xususiyatlari qo'zg'atuvchilar, ularning 
ta'sir etish jarayoni esa – qo'zg'alish, 
deb ataladi. Qo'zg'atuvchi ta'siri 
ostida 
yuzaga 
kelgan 
nerv 
jarayonlari qo'zg'alish, deb ataladi. 
Sezgi organlari qo'zg'atuvchilardan 
ta'sirlanar ekan, tashqi qo'zg'atuvchi 
ta'sirini ichki nerv impulьslariga 
aylantiradi. 
Har bir sezgi organi (ko'z, quloq, 
tananing sezuvchi teri hujayralari, 
tilning ta'm bilish tolalari) tashqi 
olamdan kelayotgan turli ta'sirlarning 
o'zlariga xos maxsus sifatlarini qabul 
qilishga va qayta ishlashga ixtisos-
lashtirilgan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
22-rasm. Analizatorning tuzilishi 
1 - retseptor. 2 - markazga intiluvchi, 
afferent neyron. 3 - umurtqalararo ganglioz 
tugunchasi. 4 - orqa miya. 5 - bosh miya 
qobig'i. 6 - markazdan qochuvchi, efferent 
neyron. 7 - ishchi organ. 
Sezuvchi nervlarning uchi, har qanday sezgi organlarining asosiy qismi 
hisoblanadi. Ular retseptorlar
1
deb ataladi. Retseptorda yuzaga kelgan nerv 
impulьsi markazga intiluvchi nerv yo'llari (afferent
2
nerv tolalari) orqali miyaning 
tegishli qismiga kelib tushadi. 
Retseptorlar, nerv yo'llari va bosh miya qobig'idagi tegishli markazlar, bir 
nom bilan, analizator - deb ataladi (22-rasm). Sezgining yuzaga kelishi uchun 
analizatorning barcha qismlari ishlashi kerak. Shuning uchun, masalan ko'rish 
sezgisi faqat ko'zda, yoki eshitish faqat quloqda paydo bo'ladi deyish mumkin 
emas. Retseptordan kelgan nerv impulьsi bosh miya qobig'ining tegishli markazida 
tahlil qilinib, shunga yarasha javob reaktsiyasi paydo bo'lganidan keyingina sezgi 
amalga oshadi. 
Analizarotning faoliyati shartli-reflektordir. Bosh miya qobig'ida shakllagan 
nerv impulьsi, markazdan qochuvchi (efferent
3
) nerv yo'llari bo'yicha harakat 
(ishchi) organlariga yoki sekretsiya bezlariga (mexanizmlariga) o'tadi va ma'lum 
bir javob reaktsiyasini yuzaga keltiradi, retseptor sezgirligini ma'lum bir darjada 
sozlanishiga (tayyorlanishiga) olib keladi. Miya retseptorning faoliyati haqida 
teskari (javob) signalini olganidan so'ng, uning ishini uzluksiz boshqarib turadi. 
Bosh miya qobig'ida paydo bo'lgan nerv impulьslarining efferent neyronlar 
orqali sekretor mexanizmlariga (ichki sekretsiya bezlariga) o'tishi, ular 
funktsiyalarining faollashuvini yuzaga keltiradi va sekretsiya bezlarining tegishli 
garmonlarni lozim bo'lgan darajada ajratib chiqarishi (gipper yoki gipo funktsiyasi) 
1
Retseptor - lot. “recipere” - qabul qilmoq..
2
Afferent nerv tolalari - lot. “afferentis” - olib keluvchi.. 
3
Efferent - lot. “efferentis”- olib chiquvchi.


129 
tufayli, organizm tashqi qo'zg'atuvchi ta'sirini qabul qilish, uni qayta ishlash va 
unga yarasha javob xulqini namoyon qilishga tayyor bo'ladi. 
Sezgi organlari harakat organlari bilan uzviy bog'liq. Masalan ko'rish sezgisi 
jarayonida ko'z, go'yo paypaslab ko'rayotgandek, uzluksiz harakat qiladi. 
Harakatlanmaydigan ko'z aslida ko'rmaydi. U yoki bu sezgining amalga oshishi 
uchun mazkur analizatorning barcha qismlari ishlashi kerak. Uning tashqi, o'rta 
yoki markaziy qismlarining birortasida shikastlanishning yuzaga kelishi, butun 
analizator faoliyatining ishdan chiqishiga, buzilishiga olib keladi. 
Shunday qilib, sezgi jarayoni - u yoki bu xususiyatni bir martagina aks 
ettirib qo'yadigan passiv aks etish emas, balki faol jarayon, ma'lum bir tuzilishga 
ega bo'lgan analizatorning murakkab faoliyatidir. Turli analizatorlarning faoliyati 
o'zaro bog'langan. Barcha analizatorlar faoliyatining majmui odam psixikasining 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling