O'zbekiston respublikasi profi universitety


Ongni nopatologik buzilgan psixik holatlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ongni nopatologik buzilgan psixik holatlari. Odam ongining tashkiliyligi 
uning diqqat-e'tiborliligida, voqelikdagi ob'ektlarni yorqin, aniq anglash darajasida 
namoyon bo'ladi. 
Diqqat e'tiborlilikning turli darajadaligi - ongni tashkiliyligining 
ko'rsatkichidir. Ongni aniq yo'nalganligining bo'lmasligi, ongning aniq 
yo'nalmaganligi uni (tuzilishining) buzilganligidan dalolat beradi. Kundalik 
hayotda odamlar xatti-harakati baholanar ekan, bunda ongning turli nopatologik 
buzilish darajalarini nazarda tutish lozim. 
Parishonxotirlik ongni qisman buzilish holatining ko'rsatkichlaridan biri 
bo'lib hisoblanadi. Bu o'rinda albatta, katta aqliy jamlanishning natijasi bo'lmish 
“professorcha” parishonxotirlik emas, balki hech qanday jamlanish bilan bog'liq 
bo'lmagan, umumiy parishonxotirlik nazarda tutilayapti. Parishonxotirlikning 
bunday turi oriyentirlashning vaqtinchalik buzilishi, diqqatning zaiflashuvi 
hisoblanadi. 
Parishonxotirlik odam taassurotlarining tez almashinuvi, ya'ni u ularning har 
biriga alohida e'tibor berish imkoniyatiga ega bo'lmagan holatlarda yuzaga kelishi 
mumkin. Masalan, katta bir korxona sexiga ilk bor kelgan odamda, u yerdagi 
narsalarning (asbob-anjomlarning) ko'pligi, unga ta'sir etadigan yangi narsalarning 
xilma-xilligidan, unda parishonxotirlik holati yuzaga kelishi mumkin. 
Shuningdek, parishonxotirlik bir xildagi, monoton, kam ahamiyatli 
qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida ham yuzaga kelishi mumkin. 
O'z faoliyatidan qoniqmaslik, uning keraksiz yoki ahamiyatsiz ekanligini 
anglash kabilar ham parishonxotirlikka sabab bo'lishi mumkin. Parishonxotirlik 
idrok etilayotgan narsani tushunmaslikda ham yuzaga kelishi mumkin. 
Ongning (diqqatning) tashkiliylik darajasi faoliyat mazmuniga bog'liq 
bo'ladi. Uzluksiz va juda uzoq bir yoqlama davom etgan ish - neyrofiziologik 
yemirilish - toliqishga olib keladi. Toliqish, ortiqcha toliqish dastavval qo'zg'alish 
jarayonining diffuz irradiatsiyasida, differentsiatsiyalovchi tormozlanishning 
buzilishida namoyon bo'ladi (bunda odam narsalarni farqlay olmaydigan, nozik 
tahlil operatsiyalarini bajara olmaydigan bo'lib qoladi), undan keyin esa umumiy 
himoya tormozlanishi, uyqu holati yuzaga keladi. 
Ongning vaqtinchalik buzilishining turlaridan yana biri apatiya - odamning 
tashqi ta'sirlarga befarqlik holati hisoblanadi. Bu passiv holat miya qobig'i 
tonusining keskin pasayishi bilan bog'liq va u sub'ektiv ravishda og'ir (mashaqqatli, 
og'rinsiniladigan, erinchoq) holatdek kechiniladi. Apatiya ortiqcha asabiy toliqish 
yoki sensor ochiqish sharoitlarida yuzaga kelishi mumkin. Apatiya ma'lum bir 
darajada 
odamning 
psixik 
faoliyatini 
paralizlaydi, 
uning 
qiziqishlarini 
o'tmaslashtiradi, 
oriyen-tirlovchi-qidiruvchi 
(izlanuvchi) 
reaktsiyalarini 
pasaytiradi. 
Ongni nopatologik buzilishining eng yuqori darajasi stress va affekt 
holatlarida yuzaga keladi. 
Shunday qilib, tashqi muhit bilan faol o'zaro munosabatga kirishish uchun 
faoliyatga undalish, muhitning o'zgarishlariga tezkor mo'ljal qilish va faoliyatni 
boshqarish zarur. 


127 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling