O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

sensor jihati deb ataladi. 
Sezgilar nafaqat narsa hodisalarning alohida xususiyatari haqida 
ma'lumotlarnigina berib qolmay, balki miya faoliyatini faollashtiruvchilik 
funktsiyasini ham bajaradi. (Shunday bir holat ham ma'lumki, bemorda faqat 
birgina - ko'rish organi ishlab boshqa barcha sezgi organlari ishdan chiqqan 
holatda uni tashqi olam bilan bog'lab turgan yagona kanal, ko'zini yumgan vaqtda 
bu bemor zudlik bilan uxlab qolgan). 
Sezgilar klassifikatsiyasi. 
Sezgilar retseptorlarining joylashgan joyiga qarab uch guruhga farqlanadi. 
Birinchi guruhga, retseptorlari tananing tashqi qismida joylashgan: ko'rish, 
eshitish, maza-ta'm, teri-tuyush, hid bilish sezgilari kiradi. Bular eksteroretseptiv 
sezgilardir. 
Ikkinchi guruhga, retseptorlari tananing ichki qismida joylashgan 
interoretseptiv sezgilar kiradi. 
Uchinchi guruhga kinestik (harakat) va statik sezgilar kiradi. Ularning 
retseptorlari muskullarda, paylarda, bo'g'inlarda joylashgan bo'ladi. Bunday 
sezgilar - proprioretseptiv sezgilar deyiladi (lot. ”proprio” - xususiy). 
Analizatorlarning joylashuvi va ishlashiga ko'ra sezgilarning quyidagi 
turlari farqlanadi: ko'rish, eshitish, teri-tuyush, hid bilish, maza-ta'm, kinestezik, 
statik, tebranish, organik va og'riq. Shuningdek, kontakt va distant sezgilar ham 
farqlanadi (23-rasm).
Sezgilarning umumiy psixofiziologik qonuniyatlari. 
 
Har bir analizatorning ishi o'ziga xos xususiyatlariga ega. Shu bilan birga 
sezgilarning barcha turlari umumiy psixofiziologik qonuniyatlarga bo'ysunadi. 
Biron bir sezgining yuzaga kelishi uchun qo'zg'atuvchi o'z jadalligining ma'lum bir 
kattaligiga ega bo'lishi kerak. 


130 
23-rasm. Sezgilar klassifikatsiyasi 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling