O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

II BOB 
 
PSIXIK JARAYONLAR PSIXOLOGIYASI 
 
1 §. Psixik jarayonlar haqida tushuncha. Sezgilar 
 
Oldingi mavzularda umumiy psixologiyaning tuzilishi haqida gapirib, u uch 
qismdan iborat ekanligini qayd etib o'tildi. Ya'ni umumiy psixologiya fani: psixik 
jrayonlar, psixik holatlar, psixologik xususiyatlarning yuzaga kelish 
mexanizmlari va ularning umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. Psixik 
jarayonlarga: sezgi, idrok, tafakkur, xotira, xayol va nutq jarayonlari kiradi. 
Bularning orasida sezgilar eng sodda psixik jarayon bo'lib - bizning sezgi 
organlarimizga bevosita ta'sir etayotgan narsa, hodisalarning, voqelikning 
ayrim elementar xususiyatini aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Ya'ni, 
sezgilarda narsa-hodisalarning faqat ayrim xususiyatlarigina aks ettiriladi Mas.: 
rangi (ko'rishda), mazasi (tam bilishda), tovushi (eshitishda) va boshqalar. 
Shu eng sodda psixik jarayon bo'lmish sezgilarga boshqa barcha murak-
kabroq jarayonlar idrok, tafakkur, xotira, hayol asoslanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, sezgilar bizning bilish jarayonlarimizning “darbozasi” hisob-lanadi. 
Bizning ongimizga kelayotgan ma'lumotlarning barchasi shu “darboza” orqali 
o'tadi. 
Sezgi eng sodda psixik jarayon bo'lib, u keyinchalik boshqa qismlarga 
bo'linmaydi. Masalan, rangni sezish haqida gapirganimizda biz shu predmetning 
shakli, hajmini nazarda tutmagan holda (uning boshqa xususiyatariga chalg'imagan 
holda) faqat bir xil rangnigina nazarda tutamiz. 
Sezgi - bu tashqi muhitning fizik va ximik xususiyatlarini xis qilishdir
Sezgilar va ularning asosida yuzaga keladigan idrok va tasavvurlar 
hayvonlarda ham, odamda ham bo'ladi. Biroq odam sezgilari, hayvonlar 
sezgilaridan farq qiladi. Odamning sezgilari uning bilimlari, ya'ni odamning 
ijtimoiy-tarixiy tajribasi bilan shartlanadi. Narsalar va hodisalarning u yoki bu 
xususiyatlarini so'zlar orqali (“qizil”, “qattiq”, “sovuq”) ifodalar ekanmiz, biz shu 
bilan bu xususiyatlarni elementar tarzda umumlashtiramiz. Odamning sezgilari, 
uning bilimlari, individning umumlashtirilgan tajribasi bilan bog'liq. 
Sezgilarda narsa hodisalarning ob'ektiv sifatlari (rangi, hidi, issiq-sovuqligi, 
ma'zasi va boshq), ularning jadalligi (masalan, yuqoriroq yoki pastroq harorat) va 
davomiyligi aks ettiriladi. Voqelikning turli xususiyatlari o'zaro bog'liq 
bo'lganidek, odam sezgilari ham bir-birlari bilan o'zaro bog'liqdir. 
Sezgilar - tashqi ta'sir energiyasini ong aktiga aylantirilishidir. Ular psixik 
faoliyatining hissiy asosini ta'minlaydi. Psixik obrazlarni yaratish uchun sensor 
(seziladigan) materiallarni taqdim etadi. 


128 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling