O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

intellektual turlari farqlanadi. Ko'nikmalar xususiy (hisoblash ko'nikmalari, bir xil 
tarzdagi vazifalarni yechish ko'nikmalari va sh.k.) va umumiy (masalan, taq-
qoslash, umumlashtirish va sh.k.) ko'nikmalari bo'lishi mumkin. Ko'nikmalarning 
majmui faoliyat maqsadiga erishish vositasini tashkil qiladi. 


120 
Vaqtinchalik 
bog'lanishlarning 
turg'un 
tizimini 

dinamik 
stereotiplarini ishlab chiqish ko'nikmalarni shakllanishining fiziologik 
mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. Dinamik stereotip o'rganilgan (o'zlashtirilgan) 
xatti-harakatni bajarish vaqtida reaktsiyalar ketma-ketligining qat'iyligida namoyon 
bo'ladi, oldingi (dastlabki) operatsiya reflektor ravishda ong tomonidan nazorat 
qilinmaydigan navbatdagi operatsiyani yuzaga keltiradi. 
Ko'nikmalardan yangi sharoitlarda foydalanish malaka hisoblanadi
Odam yangi sharoitlarda o'z xatti-harakatlarini shu yangi sharoitga mos holda 
qanday o'zgartirish haqida o'ylaydi. Odam o'z xatti-harakatlarini ongli ravishda 
boshqara boshlaydi. Bunda bu xatti-harakatlar ayrim elementlarining bog'liqligi, 
bajarilish tezligi va sh.k. sifatlarini yo'qotadi. 
Shakllanib qolgan ko'nikmalar yangi xatti-harakatlarni o'zlashtirib olishga 
ijobiy ta'sir ko'rsatadi - ko'nikmaning ko'chib o'tishi amalga oshadi. Masalan, 
velosiped 
haydash 
ko'nikmasi 
mototsiklni 
boshqarish 
ko'nikmasining 
o'zlashtirilishiga yordam beradi. Lekin ayrim holatlarda oldindan o'zlashtirilgan 
ko'nikmalar nafaqat yangi ko'nikmalarning ishlab chiqilishiga yordam beradi, balki 
ularga halaqit ham qiladi. Ko'nikmalar interferentsiyasi (lot. “enter” - o'zaro va 
ferio” - uraman) ro'y beradi. Masalan, bir imloda yozish ko'nikmasi, boshqa 
imloda yozish ko'nikmasini ishlab chiqilishiga halaqit qiladi (masalan, 
kompyuьterda kiril harflari bilan yozishga shakllangan ko'nikma, lotin harflarida 
yozishga ko'nikishni qiyinlashtiradi). Odamning qayta o'rganishi, unga yangitdan 
o'rganishdan ko'ra qiyinroq.
Xatti-harakatlarni qayta-qayta takrorlanishi natijasida ko'nikmalar bilan bir 
qatorda odatlar ham shakllanadi. Odatlar - mustahkamlanib qolingan xatti-

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling