O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

faoliyat predmetini tashkil qiladi. Masalan, turli ma'lumotlar bilish faoliyatining 
predmeti bo'lib hisoblansa, o'quv faoliyati predmeti bo'lib - bilim, malaka, 
ko'nikmalar, mehnat faoliyatining pred-meti bo'lib esa - u tufayli yaratiladigan 
moddiy mahsulotlar hisoblanadi.
Har qanday faoliyat ma'lum bir tuzilishga ega. Unda faoliyatning asosiy 
tashkiliy qismlari bo'lmish xatti-harakat va operatsiya farqlanadi. Xatti-harakat 
(deystviya) faoliyatning shunday qismiki, u to'la mustaqillikka ega bo'lgan, odam 
tomonidan anglangan maqsaddir. Masalan, kitob harid qilishni (kitobni olishni), 
uni o'qishni bilish faoliyati tuzilishiga (tarkibiga) kirgan xatti-harakat deb aytish 
mumkin; mehnat faoliyati tarkibiga kiruvchi xatti-harakatlar deb topshiriq bilan 
tanishish, zarur asboblar va materiallarni qidirish, mahsulotni tayyorlash loyihasini, 
texnologiyasini ishlab chiqish va sh.k.larni hisoblash mumkin. 
Shu xatti-harakatlarni amalga oshirish usullari operatsiya deyiladi. Xatti-
harakatni amalga oshirishning qanchalik xilma-xil usullari bo'lsa, shu 
operatsiyalarning ham shuncha turini farqlash mumkin. Operatsiyaning xarakteri 
xatti-harakatni bajarilish shart-sharoitlariga, odamdagi mavjud malaka va 
ko'nikmalarga, xatti-harakatni amalga oshirish vositalari va asboblarining 
mavjudligiga bog'liq. Masalan turli odamlar ma'lumotlarni turlicha esda saqlab 
qoladi va turlicha yozadi. Bu ularning matnni yozish yoki materialni esda saqlab 
qolish borasidagi xatti-harakatlarni, ular turli operatsiyalar yordamida amalga 
oshirishligini bildiradi. Odamning u yoki bu operatsiyani ma'qul ko'rishi, uni 
faoliyatining individual usulini (stilini) xarakterlaydi. 
Odamni u yoki bu xatti-harakat va operatsiyani amalga oshirish uchun 
foydalanadigan asboblari faoliyatni amalga oshirish vositalari hisoblanadi. 


117 
Faoliyat vositalarining rivojlanishi uni takomillashuviga olib keladi. Uning 
natijasida faoliyat yanada mahsuldor va sifatli bo'lib boradi. 
Shu o'rinda, faoliyat tuzilishi haqida to'xtalib o'tsak. Yuqoridagilardan kelib 
chiqqan holda aytish mumkinki, har qanday faoliyatning amalga oshishi ma'lum 
bir tizimdan, tuzilishdan iborat bo'ladi. Uni taxminan quyidagi sxema ko'rinishida 
ifoda etish mumkin (20-rasm). 
20-rasm.Faoliyatning tuzilishi 
Demak, biron bir faoliyat amalga oshishi uchun, shu tizimning barcha 
bo'g'inlari ishtirok etishi shart. Agarda tizim tarkibidagi bo'g'inlardan birortasi 
ishlamasa faoliyat amalga oshmaydi. 
Masalan, o'qituvchi o'zining pedagogik faoliyatini amalga oshirishi uchun, 
avvalo unda shu faoliyat maqsadi shakllanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun 
tegishli xatti-harakatlar, operatsiyalar amalga oshiriladi. Buning uchun esa zarur 
shart-sharoitlar va vositalar bo'lishi lozim. Bularning barchasi mujassam bo'lgan 
holatdagina kutilgan natijaga erishish mumkin bo'ladi. Ularning pedagogik (ta'lim-
tarbiya berish) maqsadi bo'lsa, buning uchun tegishli xatti-harakatlar, 
operatsiyalarni amalga oshirsa-yu, lekin zarur shart-sharoitlar yoki kerakli 
vositalarga ega bo'lmasa, unda kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun 
ham, faoliyati bevosita ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini ta'minlash bilan 
bog'liq bo'lgan ta'lim-tarbiya muassalari faoliyati mazkur faoliyatni amalga 
oshirish uchun sxemadagi barcha tarkibiy qismlar ishtirok etishi kerak. Rasmda 
keltirilgan tarkibiy qismlardan birortasi “ishlamasa”, faoliyat amalga oshmaydi. 
Faoliyatning rivojlanib borishida uning motivatsiyasi ham o'zgarmay 
qolmaydi. Masalan, mehnat yoki ijod faoliyatida vaqt o'tishi bilan yangi motivlar 
paydo bo'lishi mumkin, oldingilari esa ikkinchi rejaga o'tadi. Ba'zan, oldin faoliyat 
tarkibiga kirgan xatti-harakat undan ajralib chiqishi va mustaqil mavqega ega 
bo'lishi, o'z motiviga ega bo'lgan faoliyatga aylanishi mumkin. Bu holatda biz 
yangi faoliyatni dunyoga kelish faktini qayd etamiz.
Yosh o'sib borishi, odamning rivojlanishi bilan uni faoliyatining 
motivatsiyasi ham o'zgarib boradi. Agar odam shaxs sifatida o'zgarsa, unda uni 
faoliyatining motivi ham o'zgaradi. Odamning jadal (progressiv) rivojlanishi 
motivlarning 
yanada 
ulug'lik 
tomon 
harakatlanishi, 
rivojlanishi 
bilan 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling