113
III QISM
PSIXIK HOLATLAR VA JARAYONLAR
I BOB. FAOLIYAT VA DIQQAT
1 §. Faoliyat va xulq haqida tushuncha
Jonli materiyani jonsiz materiyadan, hayotning
oliy shakllarini quyi
shakllaridan, yuqoriroq darajada rivojlangan tirik mavjudodlarni quyiroq
darajadagi jonzotlardan farqlaydigan
asosiy tashqi jihati, bu yuqorida keltirib
o'tilganlarning birinchilarini ikkinchilariga qaraganda faolroq ekanligidadir. Hayot
o'zining barcha shakllarida harakat bilan bog'liq, va harakat faolligining rivojlanish
darajasiga qarab uning shakllari ham takomillashib boraveradi.
Elementar, eng
sodda tirik mavjudodlar, eng yuqori darajada rivojlangan o'simliklarga
qaraganda
ancha faolroqdir. Soddaroq organizmlar faqat suvli muhitdagina yashashi mumkin,
suvda ham quruqlikda ham yashaydiganlari quruqlikka chiqishi mumkin,
chuvalchangsimonlari
yer ostida ham, yer ustida ham yashaydi,
qushlar osmonga
ko'tariladi. Odam har qanday muhitda, Yer sharining barcha nuqtalarida (so'nggi
yillarda hatto undan tashqarida ham) yashash uchun o'ziga
sharoit yaratishi va
unda yashashi mumkin. Hech bir tirik mavjudod u bilan faolligi shakllarining
turlari, xilma-xilligi va tarqalishiga ko'ra bellasha olmaydi.
O'simliklarning
faolligi amalda, faqat tashqi olam bilan modda olmashish
bilangina cheklangan. Hayvonlar faolligi shu muhitni tadqiq etish va o'rganishning
elementar shakllarinigina o'z ichiga oladi. Odam faolligi esa turli-tumandir.
Faollikning hayvonlarga xos bo'lgan barcha turlari
va shakllaridan tashqari, odam
faolligi
FAOLIYAT deb atalmish maxsus shaklga ega.
Faoliyat - odamning atrof muhit bilan maqsadga yo'naltirilgan holda
Do'stlaringiz bilan baham: