O'zbekiston respublikasi profi universitety


Xarakterning barqarorligi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Xarakterning barqarorligi - qarashlar va pozitsiyalarning turli vaziyatlarda 
ham turg'unligi, gapi va ishining uyg'unligi; xarakter kuchi - odamning 
g'ayratliligi, murakkab vaziyatlarda qiyinchiliklarni yengib o'tishda uzoq muddat 
irodaviy zo'r bera olishi; xarakterning vazminligi - xulqning tekisligi, o'zini tuta 
bilish, shaxsning hissiy-irodaviy turg'unligi kabilarda namoyon bo'ladi.
Individning o'zini-o'zi irodaviy boshqarishi, uning irodaviy sifatlarining 
tizimi - uni motivatsion jihatlarining kengligi kuchi (dinamikligi) va 
iyerarxiyalanganligi bilan belgilanadi. Bu o'rinda quyi daraja undovchilarning oliy 
darajali undovchilarga bo'ysundirilishi muhim ahamiyatga ega. Individ tuban 
undovchilarni bosib turishning yaxshi ishlab chiqilgan (shakllangan) vositalariga 
ega bo'lishi kerak. Individ motivatsion jihatlarining iyerarxiyalashganligi, qanday 
motivlar va qanday vaziyatlarda, kuchli va tez dolzarblashganligiga, shu bilan 
barcha individning qanday sifatlari namoyon bo'lganligi (amalga oshganligi) va 
qaysilari so'ndirilganligiga bog'liq.
Odamlar xulqining ko'pchilik jihatlari ularning hissiy (emotsional) 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda spontan, ong osti darajasida namoyon bo'ladi. 
Odam esa keyinchalik o'zining shu xulqini tushuntirish uchun, ular uchun eng 
ma'qul bo'lgan bahonalarni (oqlashlarni) qidirib topadi.
Individ xarakterining emotsional (hissiy) xususiyatlari - uni psixik 
hislatlarining eng ko'rgazmali, bevosita idrok etiladigan indikatoridir. Odam uni 
nima kuldirayotgan va quvontirayotgan, uni nima xursand bo'lish yoki 
qayg'urishga majbur qilayotgan bo'lsa, nima unda g'azab va stressni yuzaga 
keltirayotgan, nima uni tinchlantirayotgan va ko'nglini eritayotgan bo'lsa, shunga 
muvofiq ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.
Individlar o'z xarakterining emotsional xususiyatlariga ko'ra, qator jihatlar: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling