O'zbekiston respublikasi profi universitety
“Men yaxshi, boshqa barcha odamlar yomon”
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. “Men yomonman va boshqa barcha odamlar ham yomon”
- “ideal” va dinamik
3. “Men yaxshi, boshqa barcha odamlar yomon” - da'vo darajasi yuqori
bo'lgan odamlarga xos sxema. Dimog'dorlik, egoizm (xudbinlik), shavqatsiz-likka aylanib ketadigan qaysarlik, o'zini har qanday xatti-harakatni amalga oshirishga haqli deb hisoblash kabi sifatlar mazkur yo'nalganlikka ega bo'lgan odamlar xarakterining farqlanib turuvchi hislatlardir. 4. “Men yomonman va boshqa barcha odamlar ham yomon” - hayotdan faqat ko'ngilsizliklar kutadigan, tuzatib bo'lmaydigan pessimistlarning pozitsiyasi shunday bo'ladi. Xuddi oldingi tipdagilarda bo'lgani kabi, ijtimoiy yo'nalganlikning bu tipi ham, shaxsning ijtimoiy muhit bilan nizosini keltirib chiqaradi. Faqat, uchinchi hayotiy sxemadan farqli ravishda, mazkur sxema o'zini-o'zi tasdiqlashga emas, balki o'zini-o'zi safarbar qilishga, hayot quvonchlaridan kechish, hatto ba'zida hayotdan ham kechishgacha olib kelishi mumkin. Bunday hayotiy kontseptsiyaga ega bo'lgan odamlar, real hayotdagi yaxshiliklarga umid qilmay, xayollar olamiga, samarasiz umidlarga va amalga oshmaydigan orzularga berilib ketadi. Har bir odamning o'ziga nisbatan munosabat ustanovkasi – “Men – kontseptsiyasi” bo'ladi. O'z “Men”ining obrazi qator komponentlardan tashkil topadi. Bular: kongnitiv - tashqi ko'rinish obrazlari, axloqiy sifatlar, psixik xususiyatlar, ijtimoiy ahamiyatlilik; emotsional - o'zini-o'zi hurmat qilish, o'zidan mamnun bo'lish, o'zini-o'zi kamsitish (xo'rlash) va boshq.; da'vo-irodaviy - o'zini- o'zi ko'rsatish istagi, o'z qadrini, sha'nini boshqa odamlar tomonidan tan olinishini xohlash. 108 Odamda real “Men” bilan bir qatorda, “ideal” va dinamik (o'zini-o'zi rivojlantiruvchi) “Men”lar ham mavjud. Turli ijtimoiy-madaniy darajalarda turuvchi, boshqa odamlar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarda odam o'zini-o'zi bilib boradi. Agar, mazkur shaxs uchun referent (etalon) bo'lgan ijtimoiy guruh ob'ektiv yuqori mavqega ega bo'lsa, bu shaxsni o'zini-o'zi rivojlantirishga undaydi. Odam, turli alьternativlarni chamalab, solishtirib, o'lchab ko'rar, ehtimoli bo'lgan xatti-harakatlar kompozitsiyalarini tuzar ekan, o'zining hayotiy strategiyalarini shakllantiradi. Bu ichki dialog, o'zini-o'zi ro'yobga chiqarishning asosiy mexanizmidir. Bunda odam go'yo o'ziga boshqa tomondan, chetdan, boshqa odamlar ko'zi bilan qaraydi. U o'zi uchun ma'qul kompromisslarni shakllantiradi, o'zini-o'zi oqlaydigan motivlarni ilgari suradi, o'zining ichki olamini real voqelikka o'lchab ko'radi. Biroq, individ qanchalik kam ijtimoiylashgan bo'lsa, uning o'z-o'zi bilan bo'ladigan dialogi shunchalik kam azobli bo'ladi. Balkim, bu dialog bo'lmasligi ham mumkin. Unda individ, mohiyatiga ko'ra, odam bo'la olmay qoladi. Ichki olamning, o'zini-o'zi tanqidiy baholash tizimining bo'lmasligi, ma'naviy qashshoqlik, mas'ul (jiddiy) qarorlarni qabul qilishdagi oddiylik (soddalik) kabilar - ko'pchilik ashaddiy jinoyatchilarning o'zini-o'zi anglash darajasidir. Ruhiyatning ichki ishida tekshirilmagan, tashqi xatti-harakatlar shavqatsizlik, sadizm va zo'ravonlik ko'rinishlarida namoyon bo'lar ekan, ma'naviyatsizlikni, axloqsizlikni yuzaga keltiradi. Ijtimoiylashgan shaxsda o'zining ichki va tashqi olamini moslashtirish, kelishtirish muammosi yuzaga keladi. O'z tamoyillariga sodiqlikni, hayotning qarama-qarshi talablari bilan qanday kelishtirish kerak? Aynan shunday vaziyatlarda odam xarakteri - uning qat'iyligi va o'zgaruvchanligi, uddaburonligi, fuqarolik jasorati kabilar namoyon bo'ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling