O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funktsional motivlar
- Ijtimoiy motivlar
Odam faoliyati motivlari turli xil: organik, funktsional, moddiy,
ma'naviy, ijtimoiy bo'lishi mumkin. Organik motivlar - organizmning tabiiy ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi (odamda - shu ehtiyojni qondirishga eng yaqin darajada bo'lgan sharoitlarni yaratish). Bunday motivlar organizmning o'sishi, rivojlanishi va o'zini-o'zi himoya qilishi bilan bog'langan. Bular - iste'mol mahsulotlarini yaratish, uy-joy qurish, kiyim-kechak tayyorlash va sh.k. Funktsional motivlar - faollikning turli ko'rinishdagi shakllari yordamida qondiriladi, masalan o'yinlar va sport bilan shug'ullanish. Moddiy motivlar - odamning tabiiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan bevosita mahsulot ko'rinishidagi o'y ro'zg'or buyumlarini, turli buyumlar va asboblarni yaratishga qaratilgan faoliyatlarga undaydi. Ijtimoiy motivlar - odamni jamiyatda ma'lum bir mavqeni egallashga, atrofdagi odamlar tomonidan hurmatga va tan olinishga erishish kabilarga yo'naltirilgan turli faoliyat turlarini yuzaga keltiradi. Ma'naviy motivlar - odamning o'zini-o'zi rivojlantirish, takomillashtirishi bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlar asosida yotadi. Faoliyat tipi odatda uning dominantlik (ustunlik) qilayotgan motivi bo'yicha belgilanadi (dominantlik qiluvchi motiv tufayliligi shuning uchunki, chunki har qanday insoniy faoliyat ko'p motivlik bo'ladi, ya'ni bir nechta xilma-xil motivlar asosida yuzaga keladi). 116 Faoliyat mahsuli faoliyat maqsadi bo'lib hizmat qiladi. U odam tomonidan yaratilgan real jismoniy predmet, faoliyat davomida o'zlashtirilgan ma'lum bir bilim, malaka va ko'nikmalar, ijodiy natija (fikrlar, g'oyalar, nazariyalar, san'at asarlari) bo'lishi mumkin. Faoliyat motivi va maqsadi ba'zan bir-biriga mos kelsada, lekin faoliyat maqsadi uning motivi bilan teng ahamiyatga ega emas. Bir xil maqsadga (yakuniy natijaga) ega bo'lgan faoliyatning har xil turlari, turli motivlar tufayli yuzaga kelishi va qo'llab-quvvatlanib turilishi mumkin. Yoki aksincha, turli xil yakuniy maqsadlarga ega bo'lgan qator faoliyatlar asosida bir xil motivlar yotishi mumkin. Masalan, kitob o'qish odam uchun moddiy (bilimini namoyish qilish va shuning evaziga yuqori haq to'lanadigan ishga ega bo'lish), ijtimoiy (o'zi uchun ahamiyatli bo'lgan kishilar o'rtasida o'z bilimi bilan yorqin ajralib turish, ularning e'tiborini qozonish), ma'naviy (o'z dunyoqarashi, bilimlari doirasini kengaytirish, ma'naviy rivojlanishning yanada yuqoriroq darajasiga erishish) ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Modali, obro'li buyumga ega bo'lish, adabiyotlarni o'qish, tashqi ko'rinishini yaxshilash, o'zini tuta bilish malakalarini o'zlashtirish kabi faoliyatning turli xillari oxir oqibatda birgina maqsadni, ya'ni nima qilib bo'lmasin, kimningdir o'ziga qaratib, o'ziga jalb qilib, uning e'tiborini qozonishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Faoliyat nima bilan bevosita amalga oshiriladigan, ishlaydigan bo'lsa, o'sha Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling