O'zbekiston respublikasi profi universitety
partishlik; ijtimoiy guruhlarga oson kirishib ketishlik
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
partishlik; ijtimoiy guruhlarga oson kirishib ketishlik. Ehtiyojlarni qondirishga intilish. Guruhli psixik tobelik darajasida alkogolga moyillik. Qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish darajasining pastligi. Giperopeka (xaddan tashqari g'amxo'rlik qilish) “Oila kumiri”, qarovsizlik, oilaning ichki munosabatlarining muvaf- faqiyatsizligi. II Affektiv O'ta emotsional noturg'unlik. Turli xil, ko'pincha arzimagan sabab, bahonalar tufayli affektiv qiziqqonlik, lekin bu holat qo'pol tajovuz ko'rinishiga o'tmay, odatda, tezda yo'qolib ketadi. Gohida autoagressiya reaktsiyalari (munosabatlari) yuzaga keladi. Kayfiyatni o'zgarish tezligining yuqoriligi, yelib yugurish, o'ta betoqatlilik. Janjalkashlik, o'zini-o'zi nazorat qilish darajasining pastligi. Nazoratsizlik, o'z holiga tashlab qo'yilganlik psixologik shikast yetkazuvchi sharoitlarning mavjudligi. III Noturg'un Xulqning noturg'unligi: xatti-harakat, qiliqlarining qarama-qarshiligi, asteniklik. Darg'azablik, shubhalanuv- chanlik, qasoskorlik, arazchilik. Odamlarga munosabati turg'un emas. Xarakteri xususiyatlari niqoblanmaydi. Samimiy va to'g'ri so'z - e'tibor berishlariga, hamdardlik ko'rsatishlariga sezgirligi yuqori. Ko'ngilsizliklar og'ir asabiy buzilishlarni yuzaga keltiradi. O'zini-o'zi baholashi past. Emotsional ahamiyatli shaxslar tomonidan rad etilishi bu xarakter tipining “nozik joyi” hisoblanadi. Emotsional aloqa o'rnatish maqsadida (bunga munosib odamlarni qidirib) asotsial guruhlarga ham kirishi mumkin. Hissiy noturg'unlik. Hissiy inkor etilish, gipoprotektsiya, oilaviy nizolar. . IV Xayajon- li Hayajonlanish, ta'sirlanuvchanlik, qo'rqoqlik, salbiy ta'sirlarga sezgirlik, hadiksirash, jur'atsizlik, tortinchoqlik darajasining yuqoriligi. O'ziga nisbatan orttirilgan axloqiy talablari natijasida depressiv holatlarga moyillik “etik sinchkovlik”. Intilish (da'vo qilish) darajasining pastligi, o'z nuqsonini his qilish (o'zini nuqsonli his qilish), o'zi bilan o'zi ovoraligi, tortinchoqlik. Fobiya (qo'rquv)ga moyillik. Orttirilgan talabchanlik, asoslanmagan da'vo, talablar, hissiy ho'rlanish, tahqirlanish 112 Giperkompensatsiyaga – “ojizlik zona”sida o'zini-o'zi tasdiqlashning orttirilgan usullariga moyillik. Delikvent emas, lekin viktim xavfli. Bu xarakterning “zaif joyi” - kulguga qolish, kamsitilish, nojo'ya qiliqlarda shubhalanishlarga chidamsizligi. Bunday vaziyatlarda noadekvat xulqni namoyon etishi ham mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling