110
Muvaffaqiyatlarga yo'nalgan individlar tezda nufuzli natijalarga olib
keladigan faoliyat turlarini ma'qul ko'radilar. Ular uchun intilish (da'vo)
darajasining yuqoriligi, ko'p hollarda esa - o'z-o'ziga tanqidiy yondashish, axloqiy
printsipiallikdagi kamchiliklar (nuqson) xarakterlidir.
Aksariyat hollarda muvaffaqiyatsizlikdan qochishga yo'nalgan
individlar,
o'ziga nisbatan talabchanligining yuqoriligi, o'z-o'zini nozik tahlil qilish,
qator
holatlarda esa - xaddan ortiq hadiksirash (jur'atsizlik) va ikkilanuvchanlik kabi
hislatlar bilan farqlanadi. Ular xulqiy muvaffaqiyatsizliklar, shaxsiy yo'qotishlar
(boy berishlar) ehtimoli bo'lgan vaziyatlardan imkon qadar qochishga intiladilar.
Bunday odamlar, boshqa bir jihati, intilish (da'vo qilish) darajasining pastligi bilan
farqlanadilar. Bir martagina (birinchi marotabayoq)
muvaffaqiyatsizlikka duch
kelish, ularda mazkur faoliyat turiga qiziqishni so'ndirib yuboradi. Ular o'z
muvaffaqiyatlarini tasodif deb hisoblashga moyil bo'ladilar.
O'zining psixik imkoniyatlarini boholash - shaxsning oliy xarakterli
xususiyatlaridan
biridir.
U
mazkur
individ
uchun
xarakterli
bo'lgan,
hayajonlanishning ma'lum bir darajasi bilan bog'liq. Hayajonlanish darajasi yuqori
bo'lgan individlar xavfli vaziyatlarga juda sezgir, bunday vaziyatlarda o'z xulqining
buzilishiga (dezorganizatsiyasiga) moyil bo'ladilar.
Odamning hissiyoti
- uning axloqiy pozitsiyalari, or - nomusi va vijdoni,
o'zini-o'zi ma'naviy nazorat qilish qobiliyati, mazkur
shaxs uchun ahamiyatli
bo'lgan yo'nalishlarga o'z kuch-quvvatini safarbar qilish qobiliyati, barcha
go'zalliklardan estetik bahra olish va barcha xunuk (nojo'ya)liklarni
nafrat bilan
inkor eta olish qobiliyati kabilar bilan bog'liq.
Individning emotsionalligi uni hissiy jarayonlarining
mazmuni, sifati va
Do'stlaringiz bilan baham: