O'zbekiston respublikasi profi universitety


Shaxsning mehnatga va faoliyatning boshqa turlariga munosabati


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Shaxsning mehnatga va faoliyatning boshqa turlariga munosabati
mehnatsevarlikni, 
ishdagi 
qiyinchiliklarni 
yengib 
o'tishni, 
halollik 
va 
boshqalarning asosini tashkil qiladi. Munosabatlarning bu guruhi ham shaxsning 
xarakterologik sifatlari kabi o'ziga moyillik, iste'dod va talantni birlashtiradi. 
Mazkur guruhning salbiy sifatlariga dangasalik, yalqovlik, daydilik va boshqalar 
kiradi. 
Narsalarga, inson mehnati mahsuliga munosabati - ozodalikda, ehtiyotkorlik, 
tejamkorlik va boshqalarda namoyon bo'ladi. Bu guruhda xarakterning ayrim 
sifatlari kriminogen tabiatga ega bo'ladi: g'arazgo'ylik, xasislik, isrofgarchilik, 
dabdabali hayot standartlariga kuchli intilish va boshq.
Individning qadriyatli yo'nalganligi ma'lum darajada xulqning irodaviy 
boshqarilishini belgilab beradi.
Xarakterning irodaviy xislatlari - xulqni ongli boshqarishning turg'un 
individual - tipologik xususiyatlaridir. Qiyin (og'ir, murakkab), nizoli sharoitlarda, 
o'z vaqtida asoslangan (o'rinli) qarorlarni qabul qila olish va ularni bajara olishlik, 
individning eng muhim qobiliyati hisoblanadi. Odamning qat'iyligi, shuningdek, 
sharoit o'zgarib, bajarilayotgan ishning zarurati bo'lmay qolgan holatlarda xatti-
harakatni to'xtata olish qobiliyatida ham namoyon bo'ladi.


109 
Bunga qarama-qarshi bo'lgan sifat qat'iyyatsizlik, odam motivlar kurashi 
bilan bog'liq zo'riqishlardan qochishga intilayotgan vaqtda kuzatiladigan, 
qarorlarni qabul qilishda ortiqcha ikkilanish, uni cho'zib yuborish yoki qaror qabul 
qilishda xaddan tashqari shoshqaloqlik qilish kabilarda namoyon bo'ladi.
Individning murakkab nizoli sharoitlarda o'z xulqini nazorat qilishi, keraksiz 
xatti-harakatlarda o'zini tuta olishi, hissiyotlarini jilovlay bilishi, impulьsiv xatti-
harakatlarga yo'l qo'ymasligi, kayfiyatini boshqara olishi, og'ir hatto xavfli 
vaziyatlarda ham ruhan tushkunlikka tushmasligi, muvaffaqiyatsizlik, jismoniy 
azoblarni jasorat bilan yenga olish qobiliyati - matonat va o'zini tuta bilish 
kabilar ham, juda muhim sifatlardan hisoblanadi. 
Har bir odamning hayotida - qo'rqoqlik, irodasizlik, xavfli vaziyatlarda o'z 
amallari va axloqiy hislariga e'tiborsizlik kabi sifatlarning aksi bo'lmish jasorat va 
mardlik ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxsning irodaviy xususiyatlari - xarakterning: barqarorligi, kuchi, 
mustahkamligi va og'ir, vazminligi kabi xislatlarini belgilab beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling