O'zbekiston respublikasi profi universitety
doimo qadimiy tabiiy tuzilmalarning so'nmas vulqoni “nafas olib” turadi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarakter xislatlari klassifikatsiyasi
- Sotsiologik jihatdan
- Individning axloqliligi - uni turmush qiyinchiliklarini
doimo qadimiy tabiiy tuzilmalarning so'nmas vulqoni “nafas olib” turadi.
Shuning uchun ham, mazkur odam uchun xulqiy vaziyat qanchalik murakkab bo'lsa, shu vulqonning otilib chiqish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo'ladi. Ko'pincha favqulotda vaziyatlarda individ xarakterining namoyon bo'lish ko'rinishlari shu qadar turli-tuman (o'zgaruvchan) bo'ladiki, hatto bunday vaziyatlarda, nafaqat uning atrofidagilar, hatto uning o'zi ham o'zini tanimay qoladi. Xarakter hislatlarining ayrim xususiyatlari - bu shaxs psixik tuzilishining faqat alohida elementlaridir, xolos. Har bir ahamiyatli xulqiy vaziyatlarda mazkur individning barcha xulqiy mexanizmlarining funktsional integratsiyasi ro'y beradi. Faqat shu vaziyatlarni hisobga olish orqaligina odamning xarakterologik hislatlarini klassifikatsiyalash va sistemalashtirish mumkin. Xarakter xislatlari klassifikatsiyasi Xarakterni namoyon bo'lishining barcha ko'rinishlarini quyidagi asoslarga ko'ra, to'rtta guruhga bo'lish mumkin: 106 1) individning yo'nalganligi, uni sotsiumdagi munosabatlari tizimi; 2) irodaviy boshqarish xususiyatlari; 3) hissiy xususiyatlar; 4) intellektual xususiyatlar. Odamning munosabatlari tizimida ularning to'rt xili farqlanadi: odamning jamiyatga, o'ziga, mehnatga va mehnat mahsuliga munosabati. Odamning jamiyatga, boshqa odamlarga munosabati - odam xarak- terining fundamental (asosiy) sifatlarini, uning axloqiyligini belgilaydi. Axloqiylik - individning xulqida ro'yobga chiqadigan axloqiy ongi, individ xulqining ijtimoiy me'yorlar, etalonlar va qadriyatlarga bo'ysundirilganligi. Shaxsning axloqlilik darajasi, uning xulqiga qo'yiladigan umumijtimoiy va ichki motivatsion talablarning mos kelishi darajasi bilan belgilanadi. Axloqiylik - shaxsni ijtimoiy moslashtirilgan, ijtimoiy qadrli xulqqa o'zini-o'zi ixtiyoriy majbur qilishdir. Axloqiylik tushunchasi - sotsiologiya, etika va psixologiya fanlari o'rtasidagi chegara tushunchadir. Sotsiologik jihatdan - u ijtimoiy axloq, sotsium xulqini boshqaruvchi ijtimoiy me'yorlarning amal qilishi bilan bog'langan. Axloqlilik, o'zining psixologik mohiyatiga ko'ra o'zida ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni internalizatsiyalashtirishga (o'zlashtirgan) asoslangan, xulqning stereotip- lashtirilgan shakllari tizimini ifoda etadi. Shaxsning axloqliligi - uni ijtimoiylashganligining, ijtimoiy o'zini-o'zi identifikatsiya qilishining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Umuman olganda axloqiylik - bu jamiyatning xulqiy madaniyatidir. Individning axloqliligi esa - uni shu madaniyatga qo'shilganlik o'lchamidir. Axloqlilikning umuminsoniy standartlari odamlarning jamoa bo'lib yashashlarining ob'ektiv sharoitlariga, insoniyatning asosiy ehtiyojlariga javob beradi. Axloqlilikning shakllanishi mazkur jamiyatning madaniy-tarixiy an'analari bilan, unda axloqiy ideologiyaning rivojlanishi, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy kutish darajasi bilan bog'liq. Individning axloqliligi etik nuqtai nazardan - uni boshqa odamlar bilan axloqiy munosabatlari jihati, uni axloqiy faoliyati jihati, o'zining mazmuni, shakli va usuliga ko'ra klassifikatsiyalanadigan shaxslararo munosabatlarida yuzaga keladi. Individlarning axloqiy munosabatlari mazmuniga ko'ra, ularning ijtimoiy majburiyatlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi (fuqarolik, mehnat, oilaviy, kasbiy va boshqa). Maxsus axloqiy majburiyatlar, alohida mavqeda turgan odamlar (bolalar, qariyalar, ayollar, bemorlar, o'ta muhtojlar)ga nisbatan bo'lgan munosabatlarda, shaxs alohida e'tiborda bo'lgan odamlar (ota-onasi, farzandlari, o'rtoqlari, sevganlari) ga nisbatan bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladi. Qator axloqiy talablarda individ o'ziga nisbatan ma'lum bir qadriyatli munosabatda bo'lishga majbur (g'urur, o'zini-o'zi hurmat qilish va boshqa). Individning axloqiy o'zini-o'zi takomillashtirishi, turmushining asosiy mazmunlaridan biridir. Shaxsning oliy axloqiy talablari tizimi uning axloqiy ideallarini tashkil qiladi. Individning axloqliligi - uni turmush qiyinchiliklarini Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling