O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Xarakter tiplari 
Xarakterning ayrim xislatlari va sifatlari bilan bir qatorda, shaxsni ijtimoiy 
muhitga moslashishining umumiy usulini - odam xarakterining ijtimoiy tipini 
farqlash mumkin. Xarakter tipini aniqlashda individni hayotiy faoliyatining 
umumiy usulini belgilab beruvchi, xulqni ijtimoiy ahamiyatli vaziyatlardagi 
umumlashtirilgan usuli ajratib olinadi.
Bunga ko'ra xarakterning quyidagi tiplarini farqlash mumkin:
1. Garmonik barqaror tip - munosabatlarining turg'unligi va ayni vaqtda 
atrof muhitga 
moslashuvchanligining 
yuqoriligi bilan farqlanib turadi. 
Xarakterning bunday tipiga ega odamda ichki nizolar bo'lmaydi, uning xohish
istaklari u bajarayotgan ishlariga mos tushadi. Bu muloqotmand, irodali odam.
Garmonik barqaror tipli odamlar hayotning barcha qiyin vaziyatlarida o'z 
qadriyatlari tizimini saqlab qoladi. Bu o'z g'oyalari, ideallari va printsiplari uchun 
irodali kurashuvchan tipdir. Tashqi vaziyatlarga moslashmay, balki voqelikni o'z 
ideallariga muvofiq tarzda o'zgartirish - bunday odamlarning adaptatsiya usuli 
hisoblanadi.


104 
2. Tashqi muhit bilan tashqi kelishgan, lekin ichki nizoli tip - ichki 
undovchilari va muhit talablari bilan kelishadigan, katta zo'riqish bilan amalga 
oshiriladigan tashqi xulqi o'rtasidagi qarama-qarshilik bilan farqlanadi.
Bunday xarakter tipli odam impulьsiv xatti-harakatlarga moyil bo'ladi, biroq 
ular doimo irodaviy zo'r berish bilan bosib turiladi. Uning munosabatlari tizimi 
turg'un, lekin kommunikativ hislatlari yetarlicha rivojlanmagan bo'ladi.
Bu odamlar tashqi olam bilan bo'ladigan kelishmovchiliklarni ichki taktik 
qayta qurish, psixologik himoya yo'li bilan yengib o'tadilar. Ularga o'zlarining 
qadriyatli tizimlariga mos tushmaydigan kundalik hodisalarning qadrini, 
ahamiyatini kamsitib baholash xosdir. Ular tashqi sharoitlarni faol o'zgartirishga 
intilmagan holda, o'zlarining asosiy qadriyatlarini saqlab qoladilar.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling