O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Tug'ma
layoqatlar – vaqtinchalik nerv bog'lanishlarining shakllanishi, tashkil topish tezligini, ularning mustahkamligini, birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining nisbatini belgilab beradi. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari ko'p qirrali (ko'p tomonlama)dir - ularning asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Qobiliyatlar qayta qurishga moyil bo'ladi. Bu psixik boshqarishning kompensatorlik imkoniyatlarini ta'minlaydi: bir neyrofiziologik komponentlarning zaifligi boshqalarining kuchliligi bilan to'ldiriladi (qoplanadi). Odamning psixofiziologik imkoniyatlari, uning qobiliyati cheksizdir. Biroq har bir odam ham o'z imkoniyatlarini bilavermaydi va ulardan imkon darajasida foydalana olmaydi. Vaholanki, shaxsning o'z-o'zini eng yuqori darajada ro'yobga chiqarish - odam hayotining asosiy mazmunini bildiradi. 101 6 §. Xarakter haqida tushuncha “Xarakter” so'zi grekchadan tarjima qilinganda “tamg'a” degan ma'noni bildiradi, mazmuniy ahamiyatga ko'ra esa - yaqqol ifodalangan o'ziga xoslik, har bir odamning o'ziga xos (tipik) xulqidir. Xarakter - shaxsning xulqiy tipini tashkil qiluvchi, turg'un motivlari va xulqi usullarining tizimidir. Xarakter ijtimoiy sharoitlarda shakllanar ekan, ijtimoiy muhit ta'siri talablarini o'zida majassamlashtirgan holda, o'zining dinamik namoyon bo'lishida individning genetik xususiyatlari, uning oliy nerv faoliyati tipi bilan uzviy bog'liq. “Shaxs” tushunchasidan farqli ravishda “xarakter” tushunchasi, individ xulqining ham ijtimoiy ahamiyatli, ham ijtimoiy neytral tomonlarini qamrab oladi. Mazkur ijtimoiy muhitda eng yuqori moslashuvchanlik samarasini (effektini) beruvchi, xulq usullarini umumlashtirish, individning ijtimoiy ahamiyatli xulqiy xususiyatlarining shakllanish mexanizmlari bo'lib hisoblanadi. Individ xarakteri hislatlarining tizimi, shaxs xulqining turg'un barqarorligi, izchilligi va moslashuvchanligini ta'minlar ekan, - unda go'yo hayvoniy instinktlar tizimi o'rnini bosadi. Xarakter - ichki va tashqi olam muvozanatining o'lchami, individning uni o'rab turgan voqelikka moslashganligi xususiyatlaridir. O'zida tabiiy layoqatlar (oliy nerv faoliyati, temperament)ni mujassamlashtirar ekan, xarakter mazkur individning tashqi olam bilan o'zaro munosabati tipini belgilab beradi. Xarakter - shaxsning ijtimoiy shakllangan xulqiy sxemasi, uning xulqiy stereotiplari sistemasi, xulqiy sindromidir. Xarakterning birligi, bir individning turli hayotiy vaziyatlarda turlicha, ba'zida hatto qarama-qarshi sifatlarni namoyon qilishini istisno qilmaydi. Xarakterning va uni turli jihatlarining shakllanishida - odamning hayot yo'lida, ayniqsa uning bolalik va o'smirlik yoshlarida yuzaga kelgan hal qiluvchi sharoitlar, muhitning keskin talablari muhim rolь o'ynaydi. Biroq, xarakter shaxsning dunyoqarashi bilan bog'liq ekan, uning jadal, maqsadga yo'naltirilgan shakllanishi yetuklik davrida ham davom etadi. Xarakterning mohiyati va tipologiyalarini yoritib berishga atoqli psixolog olimlardan Z. Freyd va E. Frommlar katta hissa qo'shganlar. Freydgacha xarakter individga taalluqli bo'lgan xulqning turg'un obrazi, irodaviy xususiyati sifatida tasavvur qilingan. Freyd xarakter nazariyasini individ intilishlarining tizimi sifatida rivojlantirdi, xarakterning dinamik kontseptsiyasini asoslab berdi. U individning Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling