O'zbekiston respublikasi profi universitety


darajasi quyi darajalarga, mayllarga qarama-qarshi qo'yiladi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

darajasi quyi darajalarga, mayllarga qarama-qarshi qo'yiladi.
Biroq, odamlar ko'pincha o'zlarining xatti-harakatlarini to'la ma'noda 
anglayvermaydilar. Ko'pchilik xulq aktlari emotsional reaktsiyalarni bajaruvchi
impulьsiv bo'lib hisoblanadi. Impulьsiv reaktsiyalar maqsadni anglash bilan 
bog'lanmagan, ular mazkur individda tashqi ta'sirlar bilan shartlangan. Impulьsiv 
reaktsiyalar ularning oqibatini oldindan ko'ra olish bilan shartlanmagan, ular 
anglangan motivlarga ega emas. 
Shunday qilib, motivatsiya tushunchasi odam undalishlarining barcha 
turlarini o'z ichiga oladi. Motiv - motivatsiyaning anglangan elementidir. 
5 §. Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyatlar turlari 
Qobiliyatlar - individning u yoki bu faoliyat turini boshqalarga nisbatan 
muvafaqqiyatliroq o'zlashtirib olishida namoyon bo'ladigan individual-
psixologik xususiyatidir. Qobiliyatlarda faoliyat turlarini muvaffaqiyatli 
o'zlashtirib olishining psixofiziologik imkoniyatlarini belgilab beruvchi, tug'ma 
anatomo-fiziologik va o'zlashtirilgan boshqaruvchi xususiyatlar mujassam bo'ladi. 
Har 
bir faoliyat 
odamning 
jismoniy, 
psixofiziologik 
va 
psixik 
imkoniyatlariga o'ziga xos talablar majmuini qo'yadi. Qobiliyatlar esa - shaxs 
xususiyatlarining konkret faoliyat talablariga munosib kelishlik o'lchamidir. 
Qobiliyatlarning umumiy va maxsus turlari farqlanadi. 
Umumiy qobiliyatlar faoliyatning barcha turlari uchun zarur bo'lgan 
qobiliyatlardir. Ular elementar (voqelikning psixik aks ettirishga qobiliyat, idrok, 
xotira, tafakkur, hayol, irodani rivojlanganligining elementar darajasi) va 
murakkab (o'qish, o'rganish, kuzatuvchanlik, intellektual rivojlanganlikning 
umumiy darajasi va boshqalar) qobiliyatlardir. 
Elementar va murakkab umumiy qobiliyatlarning yetarli darajada 
rivojlanishisiz odam insoniy faoliyatning biron-bir turiga kirisha olmaydi. 
Odamning olam bilan o'zaro munosabati, insoniy faollikning maxsus shakli - 
faoliyat orqali amalga oshadi. Faoliyat - odamning voqelik bilan funktsional o'zaro 
munosabati bo'lib, bu munosabat voqelikni o'z ehtiyojini qondirish maqsadida 
bilishga va o'zgartirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Faqat faoliyatdagina odamning 


99 
psixik imkoniyatlari ro'yobga chiqariladi. Faoliyatning o'zi esa odam 
ehtiyojlarining ortib borishi, ularning doimiy rivojlanishi bilan uzluksiz 
takomillashib boradi. 
Hayvonlarning xulqiy faolligidan farqli o'laroq, inson faoliyati iste'mol 
qimmatiga ega bo'lgan mahsulotni olish bilan bog'liq.
Faoliyat - shaxsning qobiliyati bilan, maqsadlarni ongli ko'zlay bilish, 
oldindan ishlab chiqilgan va yangidan shakllantirilgan ko'nikma, malakalarni 
qo'llash, faoliyat qurollari va vositalaridan foydalanish kabilar bilan bog'liq.
Faoliyat turiga mos ravishda maxsus qobiliyatlar ham farqlanadi. Bular: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling