O'zbekiston respublikasi profi universitety


Xohish - odamning ehtiyojlari ularni qondirilishini ta'minlovchi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Xohish - odamning ehtiyojlari ularni qondirilishini ta'minlovchi 
muayyan predmetlarga qaratilgan (mos keladigan) motivatsion holatdir
Agar, ayni vaqtda ehtiyojning qondirilishi mumkin bo'lmaydigan bo'lsa, 
unda bunday vaziyat (ehtiyojning qondirilishi vaziyati) yaratilishi mumkin. Bu 
o'rinda ongning bunday xohlangan vaziyatni yaratishga yo'naltirilishi intilish deb 
ataladi. Xatti-harakatning zarur vositalari va usullarini aniq tasavvur qilish bilan 
ifodalanuvchi intilish esa istak deyiladi. 


97 
Intilishning yana bir turi ishtiyoq deyiladi. Ishtiyoq ma'lum bir ob'ektga 
qat'iy emotsional intilishdir, bunda shu intilish ehtiyoji boshqa barcha 
ehtiyojlardan ustunlik qiladi va odamning barcha faoliyatiga o'ziga xos 
yo'nalish beradi. Ishtiyoq holati keskin va jo'shqin kechiniladi. Biroq ishtiyoq 
impulьsiv xatti-harakatlardan farqli ravishda iroda bilan boshqariladi. U oldindan 
anglangan, ko'zlangan maqsadga erishishga qaratilgan bo'ladi. Ishtiyoq odam 
nimaga intilayotganligi, uning qanday ijtimoiy qadriyatlarga ega ekanligiga qarab 
ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Ko'pchilik salbiy ishtiyoqlar (tamagirlik, qimor 
(azart) o'yinlarga va sh.k.larga ishqibozlik) shaxsning me'yordan chiqishiga, 
buzilishiga olib kelishi va ko'pincha jinoiy xulqning yuzaga kelishiga asos bo'lishi 
mumkin. 
Ijobiy ishtiyoqlar (masalan, san'atga, ilmga, mehnat faoliyatining ayrim 
turlariga va sh.k. bo'lgan ishtiyoq) odam kuch - quvvatini ijtimoiy ahamiyatli 
maqsadlarga erishishiga jamlashi mumkin. Ishtiyoqlarning mutlaqo bo'lmasligi 
(agar shunaqasi bo'lishi mumkin bo'lsa), bu odamning butunlay o'tmaslashib 
qolishiga olib kelishi mumkin va odam shu holatga qanchalik yaqin bo'lsa, u 
shunchalik hissiyotsiz, ishtiyoqsiz bo'ladi. “Haqiqatan ham, ishtiyoq - bu odamning 
axloqiy olamini jonlantiruvchi ajoyib olovdir, ilm va san'at o'z kashfiyotlari uchun, 
qalb esa go'zalligi uchun ishtiyoqlardan qarzdordir”
1
. Biroq, past darajadagi 
ehtiyojlarni bo'rt-tirish bilan bog'liq bo'lgan quyi (past) ishtiyoqlar (masalan, 
ta'magirlik, qimor o'yinlarga ishqibozlik, psixotrop moddalar vositasida o'zini-o'zi 
nobud qilishga patalogik ishtiyoq) shaxsning buzilishiga olib kelishi mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling