O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

 
 
15-rasm. Inson ehtiyojlari iyerarxiyasi 
Odam normal faoliyat ko'rsatishi, yashashi, ishlashi, o'zining hayot 
mazmunini anglashi uchun u faoliyatga kirishishi kerak. Bundan mehnatga ehtiyoj 
kelib chiqadi, ijodiy mehnatda odamning asosiy qobiliyatlari ochiladi. Odamni bu 
asosiy ehtiyojining yo'qligi, bo'lmasligi - shaxsning ijtimoiy buzilishining asosiy 
ko'rsatkichi hisoblanadi. 
TAH OLINISH VA HURMATGA 
 BO’LGAN EHTIYOJ 
BOG’LIQLIKKA, ALOQADORLAKKA EHTOYOJ 
KOGNITIV (BILISH) EHTIYOJLARI 
XAVFSIZLIKKA EHTIYOJ 
FIZIOLOGIK EHTIYOJLAR
O’ZINI-O’ZI RO’YOBGA 
CHIQARISH EHTIYOJI 


94 
Odamning organik ehtiyojlari maxsus shakllanishlarsiz yuzaga keladi. 
Boshqa barcha ijtimoiy ehtiyojlari esa faqat ularni maxsus shakllantirish, 
tarbiyalash jarayonidagina shakllanadi. 
Odamlarning ehtiyojlari - ishlab chiqarish va iste'molning tarixiy 
shakllangan darajasiga, odamning turmush sharoitiga, mazkur ijtimoiy 
guruhdagi an'analar va hukmron bo'lgan talabga bog'liq bo'ladi.
Ehtiyojlar ularning qondirilib borishi jarayonida mustahkamlanib boradi. 
Qondirilgan ehtiyojlar dastavval unutib yuboriladi (yo'qolib ketadi), keyinchalik 
katta jadallikda yana yuzaga keladi. Zaif ehtiyojlar ularning ko'p martalab 
qondirilishi natijasida ancha turg'un bo'lib qoladi. 
Faoliyat natijasida yuzaga keladigan yangidan-yangi ehtiyojlar alohida 
olingan shaxsning rivojlanishida ham, umuman jamiyatdagi tarixiy jarayonlarning 
rivojlanishida ham asosiy stimul bo'lib xizmat qiladi.
Ehtiyojlar, agar ularning qondirilishi uchun zarur bo'lgan vositalar va 
sharoitlar (faoliyat predmeti, faoliyat quroli, bilimlar va xatti-harakat usullari) 
mavjud bo'lsa yoki bo'lishi mumkin bo'lsagina, xulqiy aktning asosi bo'lib qoladi. 
Mazkur ehtiyojning qondirilish vositalari qanchalik xilma-xil bo'lsa, ular 
shunchalik mustahkam shakllanib boradi. 
Neyrofiziologik nuqtai nazardan, ehtiyojlar, zarur xulqiy aktni boshqarish 
bilan bog'liq bo'lgan, ma'lum bir bosh miya mexanizmlarining turg'un 
qo'zg'alishidan yuzaga keladigan dominantlarning shakllanishi tarzida namoyon 
bo'ladi. 
Yuzaga kelgan ehtiyoj, organizmni ma'lum bir faoliyat turiga undovchi, nerv 
markazlariga mos keluvchi motivatsion qo'zg'alishlarni yuzaga keltiradi. Bunda 
xotiraning barcha zarur mexanizmlari jonlanadi. Tashqi shart-sharoitlarning 
mavjudligi haqidagi ma'lumotlar qayta ishlanadi va bularning asosida maqsadga 
yo'naltirilgan xatti-harakat shakllantiriladi. 
Shunday qilib, dolzarblashgan ehtiyoj ma'lum bir neyrofiziologik holatni - 
motivatsiyani yuzaga keltiradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling