O'zbekiston respublikasi profi universitety


hayoliy (soxta) oliy qadriyatlar


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

hayoliy (soxta) oliy qadriyatlar ham bo'ladi. V.I.Levi o'zining “Iskusstvo bыtь 
soboy”, nomli kitobida yozishicha, oliy qadriyatlarning barbod bo'lishida, masalan, 
sevgi yoki istiqbolning barbod bo'lishida, psixiatriyada “depressiv qopqoq 
(zaslonka)” deb yuritiladigan holat yuzaga keladi. Salbiy oliy ahamiyatlilik miyaga 
qora olovdek bostirib keladi, bunday holda qadriyatlar ichkaridan o'chadi, 
to'saddan hammasi birdaniga barbod bo'ladi, istiqbollar ham yo'qoladi, maqsadlar, 
talab va qiziqishlar barham topadi - hayotning mazmunini his qilish yo'qoladi. 
Masalan, birjadagi muvaffaqiyatsizligi tufayli bor yo'g'i (atigi) millioner bo'lib 
qolgan sobiq milliarder, o'z joniga qasd qilgan holatlar hayotda kuzatilgan.
Odamlar o'zlarining yo'nalganligi tufayli to'siqlarni yengib o'tishga, irodaviy 
zo'r berishga va o'z maqsadi yo'lidan borishga qodir bo'ladilar. Bu yo'l hamisha 
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlar doirasida bo'ladi. 
Shunday qilib, shaxsning xulqi uning yo'nalganligi bilan belgilanadi.
Shaxsning yo'nalganligi – bu uni ongining qadriyatli - yo'naltirilgan 
turkumlanishidir. Shaxsning yo'nalganligi, uni faollikka undovchi barcha 
tizimlarni, shaxs faoliyatini boshqarib turuvchi, strategik va taktik maqsadlarini 
belgilab beradi. 
Shaxsning faoliyati shu maqsadlarga qaratilgan bo'ladi. Agar maqsad - 
faoliyatning asosi bo'lsa, unda maqsadning asosi faoliyatdan tashqarida - odamning 
ehtiyojlari tizimida yotadi. 


91 
3 §. Ehtiyoj, motivatsion holatlar va faoliyat motivlari 
Ehtiyojlar odam xulqini yuzaga keltiruvchi asos, uni faoliyatining manbai 
bo'lib hisoblanadi. Odamda ma'lum bir sharoitda, biron nimaga zarurat tug'ilib 
qolar ekan, u yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf qilishga intiladi. 
Odamning hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar quyidagi 
guruhlarga bo'linadi: a) odamni, tabiiy organizm sifatida yashashi va rivojlanishi 
uchun zarur bo'lgan sharoitlar (bulardan tabiiy yoki organik ehtiyojlar kelib 
chiqadi); b) odamning individium sifatida, odamzod turining vakili sifatida 
yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar (muloqot, bilim va mehnat 
uchun sharoitlar); v) mazkur odamning shaxs sifatida yashashi va rivojlanishi 
uchun, uning individuallashtirilgan ehtiyojlarining keng tizimini qondirish uchun 
zarur bo'lgan sharoitlar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling