O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Melanxolik temperament
Flegmatik temperament. Flegmatik - xotirjam, hamisha bir tekisda, qat'iy
va tirishqoq xizmatchidir. Flegmatikning reaktsiyasi bir oz sekinlashgan bo'ladi. Kayfiyati turg'un. Hissiy kechinmalari tashqi kam ifodalangan. Murakkab hayotiy vaziyatlarda flegmatik o'zini yetarlicha xotirjam va vazmin tuta oladi. U impulьsiv va keskin harakatlarga yo'l qo'ymaydi. Chunki unda tormozlanish jarayoni hamisha qo'zg'alish jarayonini muvozanatga solib turadi. Flegmatik o'z kuchi va imkoniyatlarini to'g'ri hisobga olgan holda, boshlagan ishini oxiriga yetkazishda katta qat'iyatlilikni namoyon qiladi. Unda diqqatini va faoliyatini bir narsadan boshqasiga ko'chirilishi bir oz sekinlashtirilgan holda kechadi. Uning stereotiplari kam harakatchan, xulqi ko'p hollarda yetarlicha o'zgaruvchan emas. 87 Flegmatik kuchni teng taqsimlash, sabr-toqat, diqqatning turg'unligi va chidam talab qiladigan faoliyat turlarida ko'proq muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Melanxolik temperament. Melanxolik temperament - nerv sistemasining yaqqol tormozlangan tipidir. Melanxolik uchun hayotning har-bir hodisasi, uning uchun tormozlanuvchi bo'lib hizmat qilishi mumkin. U hech kimga va hech nimaga ishonmaydi, hech nimaga umid qilmaydi, hamma narsada faqat yomonlik va xavfni ko'radi. Melanxolik o'ta ko'ngli noziklik (adolatsizlikka chidolmaslik), kechinmalarining chuqurligi (gohida arzimas sabablar tufayli ham) bilan farqlanib turadi. Uning hissiyoti oson yuzaga keladi, yomon kechiniladi, tashqi yaqqol ifodalanib turadi. Kuchli tashqi ta'sirlar uning faoliyatini qiyinlashtiradi. U introvert - o'z kechinmalari bilan band, o'zi bilan o'zi ovora, begona odamlar bilan muloqot (aloqa)dan o'zini tutadigan, yangi sharoitlardan qochadigan bo'ladi. Hayotning ma'lum bir sharoitlarida unda tortinchoqlik, jur'atsizlik, qat'iyatsizlik va hatto qo'rqoqlik kabi sifatlar osongina shakllanishi mumkin. Qulay, turg'un sharoitlarda melanxolik ko'tarinki sezgirlik, reaktivlik, tez o'rganib olish, kuzatuvchanlikni talab qiladigan faoliyat turlarida yaxshi muvafaqqiyatlarga erishishi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling