O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Internallar – hayotga ko'proq moslashgan, o'z xulqining xatolarini vaqtida 
tuzata olishga qodir bo'ladilar. Ularning xulqi ijtimoiy mas'uliyatliligining 
yuqoriligi bilan farqlanib turadi. Eksternallar - ijtimoiy me'yorlarni tashqaridan 
yuklatilgan majburiyatdek qabul qiladi. Tashqi nazoratga yo'nalganlikning 
ustuvorligi ularda o'zini-o'zi nazorat qilishni pasaytiradi. Ular hayotning og'ir 
vaziyatlarini go'yo taqdir jazosidek qabul qiladi. Internallar esa bu qiyinchiliklarni 


83 
hayotga chidamliligini namoyon qilish imkoniyatidek qabul qiladi. Ularga ijtimoiy 
mas'uliyatlilikning yuqori darajasi xosdir.
Ijtimoiylashuv - bu nafaqat ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish, balki 
individning shaxsiy turg'unligini shakllanishidir. 
Odamlar: Ijtimoiylashgan - o'zining ijtimoiy hayot, turmush sharoitlariga 
moslashgan, ijtimoiylashmagan - deviant, asosiy ijtimoiy talablardan og'uvchi 
(bunday og'ishning eng keskin shakli - marginallik) va psixik anomal (psixopatlar, 
nevrotiklar, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan va shaxsiy aksentuatsiyali - o'zini 
psixik boshqarishida nozik joyli) shaxslarga farqlanadi.
Ijtimoiylashgan shaxsning psixik me'yor doirasida bo'lgan qator 
xususiyatlarini farqlash mumkin.
Rivojlangan shaxs ijtimoiy moslashganligi bilan bir qatorda shaxsiy 
avtonomiyaga, o'zining individualligini tan olish, ta'kidlash ehtiyojiga ham ega 
bo'ladi. Tang vaziyatlarda bunday shaxs o'zining hayotiy strategiyasini saqlab 
qoladi, o'z pozitsiyasi va qadriyatli yo'nalganligiga sobit bo'ladi (shaxsning 
maqsadga yo'nalganligi).
Favqulotda (ekstremal) vaziyatlarda ro'y berish ehtimoli bo'lgan ruhiy 
muvaffaqiyatsizliklar shaxsning maqsadga yo'nalganligi psixologik himoya 
vositalari tizimi (ratsionalizatsiya, siqib chiqarish, qadriyatlarni qayta baholash va 
sh.k) haqida ogohlantiradi. Uzluksiz rivojlanish holatida bo'lish, o'zini-o'zi 
takomillashtirish va o'zini-o'zi ro'yobga chiqarish, o'zi uchun doimo yangi 
manzillarni, ufqlarni ochish, “ertangi kun quvonchini” anglash, qiyin vaziyatlarda 
o'z qobiliyatlarini dolzarblashtirish imkoniyatlarini qidirish, tolerantlik, qarshi 
ta'sirlar vaziyatlarida adekvat xatti-harakatlarni amalga oshira olish qobiliyati 
shaxs uchun me'yor hisoblanadi.
Turg'un shaxs o'zining hayotiy rejalarini tuzishda real imkoniyatlaridan kelib 
chiqadi, ortiqcha da'volardan qochadi. Rivojlangan shaxsda adolat, vijdon va burch 
hissi yuqori, oliy darajada rivojlangan bo'ladi. Bunday shaxs ob'ektiv ahamiyatli 
maqsadlarga erishishda qat'iy va tirishqoq, lekin xulqni tuzatishda esa aksincha, 
uni tuzatish, o'zgartirishga qodir bo'ladi.
Rivojlangan shaxs hayotning murakkab talablariga ruhiy sinishlarsiz, 
nazokatli o'zgaruvchanlik bilan munosabatda bo'ladi. O'z muvaffaqiyati va 
muvaffaqiyatsizligining manbai deb tashqi sharoitlarni emas, balki o'zini 
hisoblaydi. Hayotning murakkab sharoitlarida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga 
va oqlangan tavakkalchilikka qodir bo'ladi.
Ular hissiy turg'unlik bilan bir qatorda doimo hissiy reaktivlikni, go'zallik va 
yuksak yuqori sezgirlikni, axloqsizlik va tubanlikni inkor etishni namoyon qiladi. 
O'zini-o'zi hurmat qilish hissining rivojlangan bo'lishi bilan birga, bunday shaxslar 
o'zining “Men – kontseptsiyasi” asosida o'zini-o'zi nazorat qilib boradi. Ular 
o'ziga-o'zi tashqaridan (chetdan) qaray oladigan, yumor hissi va falsafiy skepsis 
(har narsaga shubha bilan qarash)dan holi bo'lmagan odamlardir.


84 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling