O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Shaxsning ijtimoiylashuvi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv
2 §. Shaxsning ijtimoiylashuvi
Shaxsning ijtimoiylashuvi (lot. socialis - ijtimoiy) - shaxs tomonidan ijtimoiy qadriyatlar va ijtimoiy ijobiy xulq usullarini o'zlashtirib olish asosida hayotiy faoliyatga qobiliyatining shakllanishidir. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs ijtimoiy me'yorlarni o'zlashtiradi, ijtimoiy rollarni bajarish (ijro etish) usullarini, ijtimoiy xulq, ko'nikma, malakalarini egallaydi. Ijtimoiylashuv - shaxsning ijtimoiy voqelikni o'zlashtirishidir. 77 Shaxsning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi omillar haqidagi ma'lumotlar quyidagi (13-rasm) rasmda aks ettirilgan. Quyidagilar shaxsning ijtimoiylashuvi manbalari bo'lib xizmat qiladi: -ilk bolalik tajribasi - psixik funktsiyalar va xulqning elementar shakllarining tarkib topishi (ilk yoshlarda shaxs shakllanishidagi ayrim yo'qotishlarning o'rnini to'ldirish keyinchalik (katta yoshlarda) juda qiyin bo'ladi); - ijtimoiy institutlar - ta'lim - tarbiya va ma'orif tizimi; - faoliyat va muloqot jarayonida odamlarning o'zaro ta'siri. 13-rasm. Shaxsning ijtimoiylashuvi omillari Ijtimoiylashuv - individga “tayyor ijtimoiy shakllar”ni yuklash mexanizmi emas, balki ma'lum bir ijtimoiy sharoitlar bilan rag'batlantiriladigan, shaxsning faol o'zini-o'zi qurish (tuzish) jarayonidir. Ijtimoiylashuv shaxsga jamiyatning to'laqonli (teng huquqli) a'zosi sifatida yashash imkoniyatini beradi. Individning ijtimoiylashuvi unda ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan adekvat munosabatlarni shakllantirish (ishlab chiqish) bilan bog'liq. Moda (urf, rusum), iste'molchilik yo'nalishlari esa o'zgaruvchandir. Dunyoqarashlar, hayotiy pozitsiyalar, umuminsoniy madaniyatlarning qadrliligi ancha turg'un hisoblanadi. Katta hayotga kirar ekan, har bir avlod o'z muammosiga duch keladi. Shuning uchun, ijtimoiylashuv yangi avlodni eski ijtimoiy qadriyatlar va an'analarga “moslashtirishni” bildirmaydi. Agar otalar o'z bolalaridan xuddi o'zidek odamni tarbiyalashni uddalaganlarida edi, unda tarixiy jarayon rivojlanishdan to'xtagan bo'lar edi. Ijtimoiylashuv - bu o'sib kelayotgan avlod tomonidan kishilik jamiyatida to'laqonli yashab ketishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy-psixologik mexanizmlarni o'zlashtirib olinishidir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling