O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy tipga
- Orta, yoki aralash tipga
xususiyatlar mavjud. Barcha odamlarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal
sistemasidan ustunlik qiladi. Bu ustunlik darajasi esa bir xil emas. Bu I.P.Pavlovning odam oliy nerv faoliyatini uch tipga: 1) fikrlovchi tip; 2) badiiy tip; 3) o'rta (aralash) tiplarga bo'lishiga asos bo'ldi. Fikrlovchi tipga, ikkinchi signal sistemasi, birinchi signal sistemasidan ancha ustun bo'lgan odamlar kiradi. Unday odamlarda abstrakt tafakkur ko'proq rivojlangan bo'ladi (matematiklar, faylasuflar); ularda voqelikni bevosita aks etish yetarlicha oydin, ravshan bo'lmagan obrazlarda amalga oshadi. Badiiy tipga ikkinchi signallar sistemasining birinchi signallar sistemasidan ustunligi kam bo'lgan odamlar kiradi. Ularga jonlilik, konkret obrazlarning oydinligi, aniq, ravshanligi xos (rassomlar, yozuvchilar, artistlar, konstruktorlar, ixtirochilar va boshq.) 72 O'rta, yoki aralash tipga oldingi ikki tiplar o'rtasida oraliq holatni egallagan odamlar kiradi. Ikkinchi signallar sistemasining birinchi signallar sistemasidan haddan tashqari ustunligi, uni birinchi signallar sistemasidan ajratib qo'yilishi odamning ma'qul bo'lmagan sifati hisoblanadi. “Shuni yodda tutish kerakki - degan edi I.P.Pavlov, - ikkinchi signallar sistemasi birinchi signallar sistemasi orqali va unga bog'liq holda ahamiyatga, mazmunga ega bo'ladi. Agar u birinchi signallar sistemasidan ajratib qo'yilsa (ajralib qolsa), unda siz quruq gap, ezma odamga aylanib qolasiz va hayotda o'z o'rningizni topa olmaysiz”. Birinchi signallar sistemasi haddan tashqari ustun bo'lgan odamlarda, odatda, abstraktsiyalashga, mavhumlashtirishga, nazariylashtirishga moyillik kam rivojlangan bo'ladi. Shunday qilib, biz yuqorida I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi asosiy ta'limotlari bilan tanishib chiqdik. Bu ta'limotlarning ko'pchiligi hozir ham o'z mohiyatini yo'qotgani yo'q. Biroq, ularning ayrimlari keyinchalik buyuk fiziologning shogirdlari va izdoshlari tomonidan yanada oydinlashtirildi va rivojlantirildi. Oliy nerv faoliyatini hozirgi vaqtda tadqiq etish, miya ishining yaxlit tadqiq qilishga integral yondoshishning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling