O'zbekiston respublikasi profi universitety


Odamni va oliy darajada rivojlangan hayvonlarni oliy nerv faoliyatlarining


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Odamni va oliy darajada rivojlangan hayvonlarni oliy nerv faoliyatlarining 
tipologik xususiyatlari 
I.P.Pavlov hayvonlar ustida olib borgan tajribalarida, ayrim hayvonlarda 
ijobiy shartli reflekslar - tez, tormozlovchi reflekslar esa - sekin o'zlashtirilishligini 
aniqladi. Boshqa hayvonlarda esa aksincha, ijobiy shartli reflekslar sekin
tormozlovchilari tez o'zlashtiriladi. Uchinchi toifa hayvonlarda esa reflekslarning 
unisi ham, bunisi ham oson ishlab chiqiladi va qattiq mustahkamlanadi. Shunday 
qilib, u yoki bu qo'zg'atuvchining ta'siri nafaqat ularning sifatiga, balki oliy nerv 
faoliyatining tipologik xususiyatlariga ham bog'liq ekanligi aniqlandi. Oliy nerv 
faoliyatining tipologik xususiyatlari deyilganda, ayrim individlarda nerv 
jarayonlarining kechish dinamikasi (qo'zg'alish va tormozlanish) nazarda 
tutiladi. U quyidagi tipologik xususiyat (kuchi, muvozanatliligi, ko'chishi)lar 
bilan xarakterlanadi: 
1) nerv jarayonlarining kuchi bilan - nerv hujayralarining qo'zg'alish va 
tormozlanish holatlardagi ishlashi (ishga qodirligi, qanday ishlashi) bilan; 
2) nerv jarayonlarining muvozanatliligi bilan - qo'zg'alish va tormozlanish 
jarayonlari kuchi o'rtasidagi munosabat bilan, ularning muvozanatliligi yoki bir 
jarayonning boshqasi ustidan ustunlik qilishi bilan; 
3) nerv jarayonlarining ko'chishi bilan - qo'zg'alish va tormozlanish 
jarayonlarining almashinish tezligi bilan. 


70 
Yuqorida keltirib o'tilgan xususiyatlarning o'zaro munosabati, nisbatiga 
bog'liq ravishda oliy nerv faoliyatining to'rtta tipi farqlanadi. 
Birinchi tip - nerv jarayonlarining kuchliligi, ularning muvozanatliligi va 
ko'chishining tezligi bilan xarakterlanadi (jonli tip- kuchli, muvozanatli, tez
Ikkinchi tip - nerv jarayonlarining kuchliligi, biroq ular muvoza-
natlashmagan, qo'zg'alish jarayoni tormozlanishdan ustunlik qiladi, bu jarayonlar 
ko'chuvchan, tezligi bilan xarakterlanadi (muvozanatsiz, o'zini tuta bilmaydigan 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling