O'zbekiston respublikasi profi universitety


Refleks - organizmning tashqi yoki ichki ta'sirlarga markaziy nerv


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Refleks - organizmning tashqi yoki ichki ta'sirlarga markaziy nerv 
sistemasi orqali (ishtirokida) beradigan javob reaktsiyasidir.
“Refleks” atamasi ilmiy muomalaga (fiziologiyaga) frantsuz olimi Rene 
Dekart tomonidan XVII asrda kiritilgan. Biroq psixik faoliyatni tushuntirib berish 
uchun, u faqat 1863 yili rus materialistik fiziologiyasining asoschisi I.M.Sechenov 
tomonidan qo'llanilgan. I.M.Sechenovning ta'limotlarini rivojlantirar ekan
I.P.Pavlov refleksning amal qilishi, ishlash xususiyatlarini eksperimental yo'llar 
bilan tadqiq qildi. 
Barcha reflekslar ikki guruhga: shartli va shartsizga farqlanadi. 
Shartsiz reflekslar - organizmning hayot uchun muhim bo'lgan ta'sirlar 
(qo'zg'atuvchilar)ga nisbatan beradigan tug'ma javob reaktsiyalaridir (ovqatga, 
xavf-xatarga va sh.k.). Ular o'zlarining shakllanishi va ishlab chiqilishi uchun 
qandaydir bir maxsus sharoitlar talab qilmaydi (masalan, kipriklarni yumish 
refleksi, ovqatni ko'rganda so'lak ajralishi va sh.k.) 
Shartsiz 
reflekslar 
o'zida 
organizmning 
tabiiy 
tayyor, 
stereotipli 
reaktsiyalarini namoyon qiladi. Ular mazkur hayvon turining uzoq muddat davom 
etgan evolyutsion taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan. Shartsiz reflekslar bir 
turning barcha vakillari uchun bir xil bo'lib, ular instinktlarning fiziologik 
mexanizmlarini tashkil qiladi. Biroq odam va yuqori darajada rivojlangan 
hayvonlar xulqi nafaqat tug'ma, ya'ni shartsiz reaktsiyalar bilangina emas, balki 
mazkur organizmning individual hayoti jarayonida o'zlashtirgan reaktsiyalar bilan, 
ya'ni shartli reflekslar bilan ham xarakterlanadi. 
Shartli reflekslar - organizmni muhitning o'zgaruvchan sharoitlariga 
moslashuvchi fiziologik mexanizmidir. 
Shartli reflekslar - organizmning tug'ma emas, balki turli hayotiy 
vaziyatlarida shakllangan, ishlab chiqilgan reaktsiyalaridir. Ular hayvon uchun 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling