O'zbekiston respublikasi profi universitety
Nerv sistemasining asosiy funktsiyasi - tashqi ta'sirni organizmning shu
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Nerv sistemasining asosiy funktsiyasi - tashqi ta'sirni organizmning shu
qo'zg'atuvchilar ta'siriga mos ravishda moslashuvchanlik reaktsiyalarini integratsiya qilishdan iborat. Neyron - deb ataluvchi nerv hujayralari, nerv sistemasini tashkil qiluvchi tuzilish birligi bo'lib hisoblanadi (9-rasm). U hujayra tanasi, yadro, dendritlar (kalta o'simtalar), ular orqali nerv impulьslari hujayra tanasiga kiradi va bitta uzun 9-rasm. Nerv hujayrasi (neyron)ning tuzilishi 1. Dendrit, 2. Hujayra tanasi, 3. Akson boshi, 4. Akson, 5. Sinaps boshi. 6. Yadro. o'simta - akson – orqali undan nerv impulьslari bir hujayra tanasidan boshqa hujayra tanasiga yoki effektorlarga o'tkaziladi. Ikkita qo'shni neyronlarning o'simtalari maxsus tuzilma - sinapslar (sinaps boshi) orqali bir-biriga qo'shiladi. Sinaps boshi va navbatdagi hujayra dendriti o'rtasida sinaps sharchalari deb nomlanuvchi sharchalar bo'lib, ular nerv impulьslarining filьtrlanishida muhim rolь o'ynaydi, ular ba'zi bir impulьslarni o'tkazib yuboradi, ba'zilarini esa tutib qoladi. Bir-birlari bilan bog'langan neyronlar birgalikdagi faoliyatni amalga oshiradi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat (10-rasm). Bosh miya, miya stvoli va miya oldi qismlariga bo'linadi. Miya stvoli uzun- choq miya va o'rta miyadan iborat. Miya oldi, oldingi miya, oraliq va oxirgi qismlarga bo'linadi. Miyaning barcha qismlari o'z funktsiyalariga ega. Masalan, oraliq miya, gipotalamus - hissiyot va vital (ochiqish, chanqash) ehtiyojlari markazlari, limbik sistema 10-rasm. Odam bosh miyasi. 1. Miya stvoli oldingi bo'limi, 2.Bosh miya qobig'i, 3.O'rta miya, 4. Uzunchoq miya, 5.Varoliyev ko'prigi, 6.Gipotalamus, 7. Limbik sistema, 8.Talamus, 9.Miyacha, 10.Orqa miya. (emotsional-impulьsiv xulqni boshqaruvchi) va talamus (hissiy ma'lumotlarni filьtrlash va birlamchi qayta ishlashni amalga oshiruvchi) qismlardan iborat. Odamda katta yarim sharlar qobig'i - oliy psixik funktsiyalar organi juda yaxshi rivojlangan bo'ladi. U, 3 - 4 mm qalinlikda bo'lib, umumiy maydoni o'rtacha 0,25 kv.m ni tashkil qiladi (11-rasm). Qobiq yetti qatlamdan iborat bo'ladi. Miya qobig'i hujayralari bir-birlari bilan bog'langan. Ularning miqdori 14-15 milliard atrofida bo'ladi. Qobiqning turli neyronlari o'zlarining maxsus funktsiyalariga ega. Neyronlarning bir guruhi tahlil funktsiyasini (nerv impulьslarining qismlarga bo'lish, taqsimlash, maydalash) bajaradi. Boshqa guruh neyronlar esa sintez 65 funktsiyasini bajaradi, turli sezgi organlaridan va miyaning turli bo'limlaridan keladigan impulьslarni birlashtiradi (assotsiativ neyronlar). 11-rasm. Bosh miya qobig'i bo'limlari I. Peshona qism. II. Tepa qism. III. Ensa qism. IV. Chakka qism. 1.Harakat markazlari. 2.Tana sezgirligi. 3.Ko'rish markazlari. 4.Eshitish markazlari. 5.Miyacha. 6.Miya stvoli. 7.Orqa miya.. Yana shunday neyronlar ham borki, ular, oldingi ta'sirlarning izlarini ushlab (saqlab)qoladi va mavjud izlar bilan bo'ladigan yangi ta'sirlarni bog'laydi. Mikroskopik tuzilish xususiyat- lariga ko'ra, butun bosh miya qobig'i bir necha o'nlab tuzilishli birliklarga - maydonlarga ega. Joylashishiga ko'ra esa - to'rt qismga bo'linadi: ensa qism, chakka qism, tepa qism va peshona qism. Ularning har birida ma'lum bir funktsiyani bajaradigan maxsus maydonlar (“Brodman maydonchalari”) joylashgan. Bosh miya qobig'i tuzilishi va funktsiyalarini tadqiq etgan olimlardan biri Brodman, o'z tadqiqotlariga asoslangan holda “Bosh miya qobig'i kartasi” haqidagi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritgan. Shunga ko'ra qobiqning tegishli qismlari (maydonlari) “Brodman maydonchalari” deb yuritiladi. Masalan, peshona qismda 9-10- Brodman maydonchalari (fikrlash, tafakkur funktsiyalarini bajaradi), chakka qismda 20-22-maydonlar (eshitish markazlari), ensa qismda 17-,18-,19-maydonlar (ko'rish markazlari), tepa qismda 40-44-maydonlar (harakat, nutq markazlari) va boshqa markazlar joylashgan. Odam bosh miya qobig'ining ayrim qismlari funktsiyasiga ko'ra ixtisos- lashgan, ma'lum bir funktsiyani bajarishga moslashgan bo'lsada, u yaxlitlikda ishlovchi organ hisoblanadi (masalan, yuqorida aytib o'tganimizdek qobiqning ensa qismi murakkab ko'rish funktsiyalarini bajarsa, peshona qism - tafakkur, nutq, chakka qism - eshitish funktsiyalarini bajaradi). Odam bosh miya qobig'i harakat zonalarining ko'p qismi mehnat organlari (qo'l) va nutq organlarining harakatini boshqarish bilan bog'liq. Miya qobig'ining barcha organlari bir-birlari bilan o'zaro bog'langan. Shuningdek, ular miyaning muhim hayotiy funktsiyalarni bajaruvchi quyi organlar bilan ham bog'langan. Qobiq osti tuzilishi, tug'ma shartsiz-reflektor faoliyatni boshqarar ekan, hissiyotlar ko'rinishidagi sub'ektiv his qilinadigan jarayonlar oblasti hisoblanadi (I.P.Pavlov iborasi bilan aytganda “qobiq hujayralari uchun kuch manbai” vazifasini bajaradi). Odam miyasida tirik organizmlar evolyutsiyasining turli bosqichlarida yuzaga kelgan barcha tuzilmalar mavjud. Ular butun evolyutsion taraqqiyot jarayonida yig'ilgan “tajriba”larni o'zida mujassam qiladi. Bu odam va hayvonlarning kelib chiqishida umumiyliklar borligidan dalolat beradi. Evolyutsiyaning turli bosqichlarida hayvonlar tuzilishining murakkablashib borishi bilan birga bosh miya qobig'ining ahamiyati tobora ortib boraveradi. Masalan, agar baqa bosh miya qobig'i olib tashlansa (u baqa bosh miyasi umumiy hajmining unchalik ahamiyatli bo'lmagan qismini tashkil qiladi), baqa o'z xulqini deyarli o'zgartirmaydi. Bosh miya qobig'i olib tashlangan kabutar ucha oladi, 66 muvozanatini ham saqlaydi, biroq qator hayotiy funktsiyalarni yo'qotadi. Bosh miya qobig'i olib tashlangan it atrof muhitga to'la yaroqsiz, moslasha olmaydigan bo'lib qoladi. Reflekslar nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo'lib hisoblanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling