O'zbekiston respublikasi profi universitety


hayotiy, muhim ahamiyatga ega bo'lgan turli hodisalardan doimo oldin


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

hayotiy, muhim ahamiyatga ega bo'lgan turli hodisalardan doimo oldin 
kelishi sharoitlarida yuzaga keladi. Agar, bu hodisalar o'rtasidagi aloqa, 
bog'liqlik yo'qolsa, unda shartli refleks ham yo'qoladi.
Miya faqat ro'y berayotgan, ta'sir etayotgan tashqi ta'sirlar yo'lidangina 
boravermaydi, ularga yetaklanmaydi, balki u kelajakni rejalashtiradi, oldindan 
ko'ra biladi, kelajakni oldindan aks ettirishni amalga oshiradi. Uni ishining eng 
muhim xususiyati ham shundan iborat bo'ladi. Xatti-harakatlar kelajakda ma'lum 
bir natijaga - maqsadga erishtirishi kerak. Bu natijani miyada oldindan 
modellashtirmay turib xulqni boshqarib bo'lmaydi. 
Shartsiz reflekslar nasliy moslashuvchanlik mexanizmi bo'lib hisoblanadi, 
shartli reflekslar esa individual o'zgaruvchan moslashuvchanlik mexanizmi
funktsional sistemaning murakkab kompleksidir. 
 


67 
6 §. Oliy nerv faoliyati tamoyillari va qonuniyatlari 
Bosh miya qobig'i faoliyati qator tamoyillar va qonunlarga bo'ysunadi. 
Ularning asosiylari ilk bor I.P.Pavlov tomonidan aniqlangan. Hozirgi vaqtda 
Pavlov ta'limotlarining ayrimlari yanada oydinlashtirilgan, ularning ba'zi birlari 
qayta ko'rib chiqilgan. Hozirgi zamon neyrofiziologiya asoslarini o'zlashtirish 
uchun Pavlovning asosiy ta'limotlari bilan tanishib chiqish zarur.
Oliy nerv faoliyatining analitik-sintetik tamoyili. 
I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, analitik-sintetik tamoyil bosh miya katta yarim 
sharlari qobig'i ishining asosiy fundamental tamoyili bo'lib hisoblanadi. Atrof 
muhitda oriyentatsiya qilish, uning alohida xususiyatlari, tomonlari, jihatlari, 
belgilarini ajratib olish (analiz) va bu belgilarni organizm uchun foydali yoki 
zararli bo'lgan narsalarga bog'lash, birlashtirish (sintez) bilan bog'liq. 
I.P.Pavlovning ta'kidlashicha, sintez - bog'liqliklarni birlashtirish, tahlil (analiz) esa 
- bir qo'zg'atuvchini boshqa qo'zg'atuvchilardan yanada aniqroq farqlashdir.
Bosh miya qobig'ining analitik-sintetik faoliyati ikki nerv jarayoni: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling