O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Shaxsni tushunish degani - bu, u qanday hayotiy vazifalarni va qanday 
usullar bilan yechishligini, u xulqning qanday boshlang'ich jihatlariga amal 
qilishligini tushunish demakdir.
Ma'lum bir ijtimoiy munosabatlarga kirar ekan, shaxs bu munosabatlarning 
passiv ishtirokchisigina bo'lib qolmaydi. Shaxs xususiyatlari shunday o'ziga 
xoslikki, u individni ayrim o'tkinchi ijtimoiy qoidalar (qonunlar), hukumat diqqat 
ta'siridan xoli bo'lishga, ijtimoiy destabilizatsiya va totalitar repressiyalar 
sharoitida o'zini yo'qotmasligiga imkon beradi.
Shaxsning avtonomligi, uning oliy psixik sifati - ma'naviyati bilan bog'liq. 
Ma'naviyat - inson mohiyatining oliy darajada namoyon bo'lishi, uning 
insoniylikka, axloqiy burchga, hayotning oliy mazmuniga bo'ysunishga ichki 
sodiqligidir.
Shaxsning ma'naviyati uning oliy ongida, barcha tubanliklarni keskin inkor 
eta olishida, buyuk g'oyalarga so'zsiz sodiqligida, noma'qul, nomunosib istak 
(mayl)lardan, oniy obro' va soxta ijtimoiy faolliklardan xoliligida namoyon bo'ladi. 
Lekin, 
jamiyat 
qanchalik 
sodda 
(primitiv) 
bo'lsa, 
uning 
odamlarni 
umumtenglashtirishga moyilligi (intilish an'anasi) yuqori bo'ladi. Bunday 
jamiyatlarda talab qilinayotgan standartlarga ko'r-ko'rona bo'ysinuvchi odamlar 
miqdori ko'p bo'ladi. Tayyor shiorlar bilan gapiradigan odam, o'zining shaxsiy 
tuzilishi, shaxsiy rivojlanishi haqida qayg'urmay qo'yadi. 
Shaxs sifatlari, amaliy munosabatlari diapazoni, sotsium ijtimoiy 
faoliyatning turli jihatlariga kirishganligi bilan shartlanadi. Ijodiy (ijodkor, 
yaratuvchi) shaxs bevosita ijtimoiy muhit doirasidan chiqib ketadi va o'zini yanada 
kengroq ijtimoiy asosda (bazada) shakllantiradi. 
Shaxs rivojlanganligi - unda ijtimoiy ijobiy sifatlarining shakllanganligi, 
ma'lum bir ijtimoiy shart-sharoitlarni, ijtimoiy talabni (so'rovni), shaxsni 
begonalashib qolishiga olib kelishi mumkin bo'lgan omillarni bartaraf qilishni talab 
qiladi.
Individning shaxs sifatida shakllanishida shaxsiy identifikatsiya (individda 
o'zini boshqa odamlar va insoniyat jamiyati bilan aynan bir xil deb qarashi) va 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling