O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

personalizatsiya (individ tomonidan o'z shaxsini boshqa odamlar hayotiy 
faoliyatida ma'lum darajada tasavvur qilish, mazkur ijtimoiy jamiyatda o'zini-o'zi 
shaxsiy namoyon eta olishi zarurligini anglashi) jarayonlari muhim ahamiyatga 
ega. 
Shaxs boshqa odamlar bilan “Men – kontseptsiyasi” asosida o'zaro muno-
sabatda bo'ladi. “Men – kontseptsiya”si, shaxsiy refleksiya - bu shaxsning o'zi, 
imkoniyatlari, o'zining ahamiyatliligi haqidagi tasavvurlarini bildiradi. Shaxsiy 
refleksiya “Real Menga” mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Shaxsiy 
da'vogarlik darajasining orttirilgan yoki kamsitilgan bo'lishi, ya'ni uni “Real 
Men”iga yaqinroq yoki uzoqroq bo'lishi turli ichki nizolarni yuzaga keltirishi 
mumkin.


76 
Shaxs “Men-kontseptsiya” asosida o'zi uchun, “Mukammal–Men”ni shakl-
lantiradi. “Mukammal–Men”ning xarakteri shaxsning axloqiyligi, intellektual 
rivojlanganligi kabi hislatlari bilan uzviy bog'liq. Agar shaxsda shu sifatlar 
(dunyoqarash, intellektual potentsial va sh.k.) yuqori darajada rivojlangan bo'lsa, 
uning “Real–Men”i va “Mukammal-Men”i o'rtasidagi tafovut shunchalik kam 
bo'ladi va aksincha. Shaxsning intellektual rivojlanganlik darajasi qanchalik past 
bo'lsa, u o'zining “Mukammal–Men”ini shunchalik yuqori deb hisoblaydi. 
Oqibatda uning “Men”lari o'rtasidagi ichki nizolar ro'yobga chiqadi. Bu “nizolar” 
nafaqat shu shaxsning rivojlanishiga, balki uni atrofidagilar bilan bo'ladigan o'zaro 
munosabatlarining tarkib topishiga, agar u shaxs rahbar lavozimlarini egallagan 
bo'lsa, jamoaning, jamiyatning taraqqiy topishiga ham jiddiy salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. 
Shaxsning hayot yo'li muayyan-tarixiy ijtimoiy makonda o'tadi. Moddiy 
ishlab chiqarish sharoitlari, is'temol jihatlari, ijtimoiy munosabatlarning o'ziga 
xosligi, odam turmush tarzini, xulqining o'ziga xosligini va nihoyat shaxs tipini 
belgilab beradi.
Har bir shaxs o'zining shaxsiy turmush strategiyasini - kundalik hayotiy 
vaziyatlarni, o'zining qadriyatli yo'nalganligi iyerarxiyasiga muvofiq ravishda 
qayta o'zgartirishning umumlashtirilgan usullari qat'iy tizimini shakllantiradi. 
Turmush strategiyasi - shaxsga hayot bag'ishlaydigan (uning ruhini ko'taradigan) 
umumiy yo'nalishidir.
Ijtimoiy qadrli strategiya - shaxsning yuqori axloqiy o'zini-o'zi ro'yobga 
chiqarish, hayotning ma'naviy usulini ishlab chiqishdir. Bunda shaxsning hayotiy 
faoliyati vaziyatli shartlangan emas, balki ichki determinlashtirilgan bo'ladi. Shaxs 
ijtimoiy qadrli hayotiy istiqbollar bilan yashay boshlaydi.
Hayot strategiyasining bo'lmasligi, istiqbolning rejalashtirilmasligida individ 
faqat o'tkinchi mazmunlarga va vazifalarga bo'ysinib qoladi, uning hayoti zarur 
bo'lgan darajada to'laqonlik bilan kechmaydi, hayotiy faoliyatining motivatsiyasi 
pasayadi, ma'naviy - intellektual talablari torayadi.
Shaxsning barcha muhim buzilishlari (deformatsiyasi) - uning o'z-o'zini 
refleksiyasi, o'zini-o'zi anglashidagi nuqsonlari, fikrlashidagi buzilishlar, hayot 
faoliyatining ob'ektiv ahamiyatli jihatlarini shaxsiy qadrsizlanishi bilan bog'liq.
Shaxs turg'un hislatlar majmuidir - uning tashqi ta'sirlarga sezgirligi, 
motivatsiyalarining turg'un tizimi, ustanovkalari, qiziqishlari, muhit bilan o'zaro 
munosabatlarda bo'la olish qobiliyati - xulqni boshqarishning axloqiy tamoyillari 
bilan xarakterlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling