71
printsipial yangi signal sistemasi yuzaga keladi
va rivojlanishning yuqori
darajasiga yetadi. Voqelikning birinchi signallar sistemasi - bu bizning bevosita
sezgilarimiz,
idrokimiz, atrof olamdagi konkret predmetlar va hodisalardan olgan
taassurotlarimiz tizimidir.
So'z (nutq) - ikkinchi signallar sistemasi (signal-
larning signali)dir. U birinchi signallar sistemasi
asosida yuzaga kelgan va
rivojlangan va faqat u bilan yaqin o'zaro munosabatda bo'lgandagina biron bir
ahamiyatga ega bo'ladi.
Ikkinchi signal sistemasi (so'z) tufayli odamda vaqtinchalik bog'liqliklar,
hayvonlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Chunki, so'z o'zida
predmetning
ijtimoiy shakllangan ahamiyatini ifoda qiladi. Odamning vaqtinchalik nerv
aloqalari turg'unroq bo'ladi va maxsus mustahkamlanishlarsiz ham bir necha yillar
davomida saqlanishi mumkin.
So'z artof voqelikni bilish quroli, uning muhim xususiyatlarini
umumlashtirilgan va vositali holda aks ettirilishidir. I.P.Pavlov ta'kidlaganidek,
so'z bilan “nerv faoliyatining yangi tamoyili – signallarni ajratib olish va shu bilan
birga cheksiz signallarni umumlashtirish, atrof olamda cheksiz oriyentirovka qilish
uchun sharoit yaratuvchi va odamning oliy darajada moslashishini ta'minlovchi
tamoyil – ilm (fan) shakllanadi”.
Bevosita ta'sir etuvchi qo'zg'atuvchi qanchalik kuchga ega bo'lsa,
shartli
qo'zg'atuvchi sifatida so'zning ta'siri ham shunchalik kuchga ega bo'lishi mumkin.
Nafaqat psixik, balki fiziologik jarayonlar ham so'z ta'siri ostida bo'lishi mumkin
(bu inontirish (vnusheniya) va o'zini-o'zi inontirish (samovnusheniya)
asosida
yotadi.
Ikkinchi signal sistemasi ikki funktsiyaga -
kommunikativ (u
odamlar
o'rtasidagi muloqotni ta'minlaydi) va
ob'ektiv qonuniyatlarni aks ettirish
funktsiyalariga ega. So'z predmetga faqat nom beribgina qolmay, balki uni o'zida
umumlashtirish xususiyatiga ham ega.
Ikkinchi signallar
sistemasiga eshitilgan, ko'rilgan (yozilgan) va aytilgan
so'zlar kiradi.
Yuqorida oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari qayd etib o'tildi.
Ular odamda ham va yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ham umumiy (to'rtta
tip). Lekin
odamda, ikkinchi signallar sistemasi bilan bog'liq, maxsus tipologik
Do'stlaringiz bilan baham: